Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Hisob-kitob Markazi orqali banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazish sxemasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə62/153
tarix04.08.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#138686
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   153
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (3)

Hisob-kitob Markazi orqali banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazish sxemasi

Markaziy bankning Hisob-kitob-kassa markazi

Markaziy bank axborotlarini qayta ishlash bo‘limi

Markaziy bankning Hisob markazi


Bosh bank A

A bank filiali
Bosh bank B

B bank filiali


7.5. Bir bankka qarashli filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning tashkil etilishi

Hozirgi kunda respublikamizda 31 ta tijorat banki faoliyat yuritib kelmoqda. Bu banklar o‘z faoliyati hamda mijozlarning operatsiyalari yuzasidan boshqa banklar bilan munosabatda bo‘ladilar. Agar bir tipdagi

144

banklar o‘rtasida operatsiyalar yuzaga kelsa, bu holda Bosh bankning ichida operatsiyalar yakunlanadi. Masalan, DAT “Asakabank”ning ikkita filialining miijozlari bir-biriga pul o‘tkazishlari lozim bo‘lsa, bu operatsiyalar DAT “Asakabank”ning Bosh banki orqali o‘tkaziladi. Markaziy bankning Hisob-kitob markazi bu operatsiyalarda ishtirok etmaydi. Bir tipdagi bank filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar debet huj-jatlari bo‘yicha alohida, kredit hujjatlari bo‘yicha alohida buxgalteriya provodkalari orqali bajariladi.


Eng avvalo, to‘lovchi korxona bankida mijozning hisobvarag‘idan pulni kamaytirish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi. (Bunday buxgalteriya yozuvlarini avvalgi mavzuda o‘rgangansiz. Ushbu provodkani eslab ko‘ring). Faraz qilamiz, DAT “Asakabank”ning Yunusobod filiali to‘lovchi korxonaga xizmat ko‘rsatadi, mahsulot sotgan korxonaga esa DAT“Asakabank”ning Andijon filiali xizmat ko‘rsatadi. DAT“Asakabank”ning Yunusobod filialidan elektron to‘lov Bosh bankka jo‘natiladi. Bosh bank elektron to‘lov haqidagi axborotni qabul qilib, Yunusobod filialining vakillik hisobvarag‘idan Andijon filialining vakillik hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazadi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali bajariladi:
Debet 22204 DAT“Asakabank”ning Yunusobod filiali Kredit 22204 DAT“Asakabank”ning Andijon filiali
Shundan so‘ng, elektron to‘lov “Asakabank”ning Andijon filialiga o‘tkaziladi. Bu filialda to‘lovni qabul qilib, mahsulot sotuvchi kor-xona hisobvarag‘iga kelgan mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha buxgal-teriya provodkasi bajariladi, bu provodkani ham eslab ko‘ring va daftaringizga yozib oling.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin