Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida aniqlanmagan daromadlar qaysi hisobvaraqda aks ettiriladi?



Yüklə 105,64 Kb.
səhifə35/37
tarix18.12.2023
ölçüsü105,64 Kb.
#184150
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar-fayllar.org

7. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida aniqlanmagan daromadlar qaysi hisobvaraqda aks ettiriladi?
a. 0 41.
b. 0 61.
c. 0 40.
d. 0 62.
8. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida Byudjet natijalari qaysi hisobvaraqda aks ettiriladi?
a. 0 70.
b. 0 90.
c. 0 50.
d. 0 40.
9. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida Byudjetlarning o’zaro hisob-kitoblari qaysi buxgalteriya hisobvarag’ida aks ettiriladi?
a. 0 40.
b. 0 52.
c. 0 62.
d. 0 41.
10. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobi qaysi ko’rinishda yuritiladi?
a. Elektron.
b. Tashkiliy.
c. Qog’oz.
d. Umumiy.
15-MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI.

REJA:
1. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi.
2. Byudjet mablag‘lar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi.
3. To‘lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi.
4. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar.
5. Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar.
6. Boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar.
7. Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi.


1. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi
Moliyaviy natijalar-bu xo‘jalik sub’ektlarida ma’lum bir hisobot davrida xo‘jalik jarayoni natijasida o‘ziga qarashli mablag‘larni oshishi yoki kamayishidir. Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natija bu foyda, salbiy moliyaviy natija bu zarar. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari (tushumlari, Byudjet mablag‘lari bo‘yicha g‘aznachilik orqali amalga oshirgan kassa xarajatlari) va hisoblangan barcha xaqiqiy xarajatlarining o‘zaro solishtirilishi (ayrilishi) natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati tushuniladi.
Yoki boshqacha qilib aytganda, Byudjet tashkilotlarining moliyaviy natijasi bu tashkilotning barcha aktivlari (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari)dan uning majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasi natijasida hosil bo‘ladigan aktivning sof qiymati deb tushunish mumkin
Moliyaviy natijalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- Moliyaviy natijalarni belgilangan tartibda shakllantirish;
- Moliyaviy natijalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida buxgalteriya hujjatlari hamda hisob registrlarida aks ettirish;
- Buxgalteriya hisobvaraqlarida moliyaviy natijalar holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
- Moliyaviy natijalar bo‘yicha hisobotlarni tuzish hamdaular bo‘yicha asoslangan buxgalteriya axborotlarini shakllantirish.
Byudjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy natijani) oshishiga sabab bo‘luvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning majburiyatlarini kamayishidir. Buni quyidagi xolatlar bo‘yicha asoslash mumkin, jumladan Byudjet tashkilotlariga homiylik mablag‘larini kelib tushishi natijasida uning aktivlari (moliyaviy aktivlari) oshadi, ya’ni mazkur muomala buxgalteriya hisobida Debet 112 va Kredit 262 yozuvi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur operatsiya natijasida tashkilotning moliyaviy aktivlari (pul mablag‘lari) oshdi. Demak bu muomala hisobda daromad (kredit 262) sifatida aks ettirilishi lozim. Yoki,tashkilotning majburiyatlarini kamayishi ko‘rinishidagi daromadlariga misol keltiradigan bo‘lsak, uning Byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan qarzining talab qilish muddati tugashi munosabati bilan tashkilot daromadlariga hisoblanishini aytish mumkin. Jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq Byudjet tashkilotlarida talab qilish muddati tugagan Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yuzaga kelgan deponent qilingan ish xaqi yoki boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzlar Byudjet tashkilotining Byudjetdan tashqari daromadlari sifatida aks ettirilishi lozim.



Yüklə 105,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin