Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar



Yüklə 105,64 Kb.
səhifə1/37
tarix18.12.2023
ölçüsü105,64 Kb.
#184150
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar-fayllar.org


Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI
IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI

BYUDJET HISOBI”



FANIDAN
60410500-Bank ishi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
(Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma)


Andijon-2022
Tuzuvchi:
Anvarov N.M.-“Ijtimoiy iqtisodiy fanlar” kafedrasi assistenti.
Taqrizchilar:
1. M.Yusupov -Andijon viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
2. I.Umarov-ADU “Iqtisodiyot” kafedrasi professori, dotsenti, iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori (DSc)
Fanning o‘quv uslubiy majmuasi Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining o`quv-uslubiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va ishlatishga tavsiya etilgan. (2022-yil ______” ___________ - sonli bayonnoma)

Institut O‘quv-uslubiy kengashi raisi: _____________N. To`ychiboyev
KIRISH
“Byudjet hisobi” fanining asosiy maqsadi-talabalarda moliya organlari, g‘aznachilik va xududiy bo‘linmalarida Davlat Byudjetining kassa ijrosi hisobi hamda Byudjet tashkilotlarida smetalar ijrosi hisobi bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi-talabalarga Byudjet hisobi fanining predmeti, metodi va uslubiy asoslari, moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari, G’azna ijrosi sharoitida Davlat Byudjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi hisobi, Byudjet ssudalari va Byudjetlar o’rtasida sodir bo’ladigan hisoblashishlar hisobi, Byudjet ijrosi natijalari hisobi va hisobotlari, Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning nazariy-uslubiy asoslari, Byudjet tashkilotlarida Byudjet va Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, tovar moddiy zahiralar hisobi, Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi, turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi, xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi, Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobi, Byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarining tarkibi va ularni shakllantirish haqida nazariy-amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
Fannining o`quv uslubiy majmuasining tarkibiy tuzilishi ma`ruza matnlari, amaliy mashg`ulot uchun materiallar, mustaqil ta`limni bajarish bo`yicha uslubiy ko’rsatmalar, glossariy, fanining o`quv dasturi, fanining ishchi o`quv dasturlari, talabalar bilimini baholash mezoni, tarqatma materiallar hamda test kabi materiallardan iborat.
Davlat Byudjeti-Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika Byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi Byudjeti va mahalliy Byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda Byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar Byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar Byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi.
Byudjet hisobi bu Byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat Byudjeti, Davlat maqsadli va Byudjetdan tashqari jamg’armalari Byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga Byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet hisobining predmeti bu Byudjet ijrosi jarayonida Byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Byudjet hisobi Davlat Byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa Byudjetdan tashqari jamg’armalari Byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va Byudjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.

Yüklə 105,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin