Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


-MAVZU: TOVAR (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI



Yüklə 105,64 Kb.
səhifə26/37
tarix18.12.2023
ölçüsü105,64 Kb.
#184150
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar-fayllar.org

11-MAVZU: TOVAR (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI.


REJA:
1. Byudjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
2. Tovar (ish, xizmat)lar kalkulyatsiyasi.
3. Byudjet tashkilotlarida tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari va sotish hisobini tashkil etish.
4. Tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi.

1. Byudjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
Byudjet tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish imkoniyati berilgan. Faoliyat turiga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadi hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olinadi. Mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda ishlar bajarishga qilinadigan xarajatlar va ularning tannarxini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorigamuvofiqamalgaoshiriladi.

Mahsulot(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi:
a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari;
v) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar eskirishi summasi;
g) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Sotish xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo‘yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi.
Tovar(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish xarajatlari tannarxni aniqlash usullari bo‘yicha umumlashtiriladi.

Yüklə 105,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin