1-MAVZU: “BYUDJET HISOBI” FANINING PREDMETI VA METODI.
REJA: 1.Byudjet hisobining predmeti va metodi.
2.Byudjet hisobining Byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari.
3.Byudjet hisobi sub’ektlarivaob’yektlarining iqtisodiy mazmuni.
4.Byudjet hisobining boshqa maxsus fanlar bilan aloqasi.
5.Byudjet hisobini horijiy mamlakatlarda yuritish amaliyoti.
1.Byudjet hisobining predmeti va metodi.
Davlat Byudjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika Byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi Byudjeti va mahalliy Byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda Byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar Byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar Byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi.
Byudjet hisobi bu Byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat Byudjeti, Davlat maqsadli va Byudjetdan tashqari jamg’armalari Byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga Byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet hisobining predmeti bu Byudjet ijrosi jarayonida Byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Byudjet hisobi Davlat Byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa Byudjetdan tashqari jamg’armalari Byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladiva Byudjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Byudjet hisobining uslubiy asoslarini Byudjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi.