Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


B) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Byudjetiva mahalliy Byudjetlar daromadlari



Yüklə 105,64 Kb.
səhifə8/37
tarix18.12.2023
ölçüsü105,64 Kb.
#184150
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar-fayllar.org

B) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Byudjetiva mahalliy Byudjetlar daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Byudjetiga va mahalliy Byudjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar,
yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Byudjetiga va mahalliy Byudjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
5) yuqori Byudjetlardan beriladigan Byudjet dotatsiyalari, Byudjet subvensiyalari va Byudjet ssudalari;
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari, boshqa Byudjetdan tashqari jamg‘armalar, Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning Byudjetdan tashqari mablag‘lari, bojxona organlarining g‘azna depozit hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar manbaalari qonunchilikda belgilangan.
Nazorat savollari:
1. Byudjet daromadlari tasnifini tushuntirib bering?
2. Davlat Byudjeti, jamg‘armalar Byudjet daromadlari hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?
3. Bojxona organlari g‘azna depozit schyoti, Byudjetdan mablag‘ oluvchilarni Byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha daromadlar hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?
4. Byudjet daromadlari hisobini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini tushuntirib bering?


Testlar:
1. Byudjet ssudasi deganda nimani tushinasiz?
a. Yuqori Byudjetdan quyi Byudjetga yoki chet el davlatiga qaytarmaslik sharti bilan ajratilgan mablag’ va qarzlar.
b. O’zbekiston Respublikasi davlat Byudjetidan berilgan foizli ko’rinishidagi qarzlar.
c. Qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalariga rezident-yuridik shaxslarga ajaratiladigan pul mablag’lari.
d. Yuqori Byudjetdan maqsadli jamg‘armalarga berilgan vaqtinchalik mablag‘lar.

Yüklə 105,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin