Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari
Davlat Byudjeti ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi to’g’risida" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Byudjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat Byudjeti kassa ijrosi .O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti g’azna ijrosi Byudjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi. Xozirda Byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat Byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
.
Nazorat savollari:
Moliya organlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslarini aytib bering?
Moliya organlarida qo’llaniladigan birlamchi xujjatlari nimalardan iborat?
Moliya organlarida qo’llaniladigan hisob registrlari haqida nimalarni bilasiz?
Moliya organlarida qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifini tushuntirib bering?
Moliya organida buxgalteriya hisobini tashkil etish ma’suliyati kimga yuklatilgan?
Moliya organi bosh buxgalteri majburiyatlarini aytib bering?
Bosh buxgalterning xuquqlarini aytib bering?
Bosh buxgalterning javobgaligi nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |