ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan
munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki
iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi
ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo
qiladi.
Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va
ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro
ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi
kuchlar bilangina o ‘zaro aloqada boMib qolmaydi. Ular bir
vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish
munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo'lgan alohida siyosiy,
huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy
munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad
ko‘taradi. Ana shularning yig‘indisi jamiyatning ustqurmasini
tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa
elementlari ham faol rol o ‘ynaydi, o ‘zlarini vujudga keltirgan
ishlab chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning
ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta ’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-
Dostları ilə paylaş: