ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi.
Ular o‘rtasidagi chegaralami jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik
bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan
boshqasiga o‘tish asosan mehnat vositalarining xususiyatidagi
o'zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichi
alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperasiya, manufaktura va
mashinalashgan ishlab chiqarishdir. Oddiy kooperasiya - bu bir xil
ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlaming eng oddiy
shakldagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan
kishilar guruhidir. Kooperasiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik
ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon
bo'ladi:
1)
ko‘plab ishchilarning birgalikdagi
mehnati ishchi
kuchidagi alohida tafovutlarning yo'qolishiga, ularning sifat
jihatidan bir xillikka olib keldi;
2)
bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida
yoqilg‘i, yoritish va boshqa shu kabi xarajatlaming kam
sarflanishi mahsulot birligiga to ‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish
vositalarining tejalishiga olib keldi;
3)
birgalikdagi
mehnat bellashuvni keltirib chiqarib,
mehnat unumdorligini oshirdi.
Mashinalashgan
ishlab chiqarishga olib bomvchi yo‘lda
Dostları ilə paylaş: |