Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix12.03.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#53638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
3-mavzu

manufaktura,  ya’ni  mehnat  taqsimotiga  asoslangan,  lekin  mashina 

hali  mavjud  bo‘lmagan  sharoitdagi  kooperasiya  muhim  rol  o ‘ynaydi. 

Manufaktura  davrida  ishlab  chiqarishning  umumlashuv  jarayoni

91

www.ziyouz.com kutubxonasi




davom  etadi.  Yalpi  ishchi  kuchi  tarkib  topadi,  har  bir  ayrirn  xodim 

esa  yalpi  ishchi  kuchining  tarkibiy  qismiga  aylanadi.  Bunda  oddiy 

kooperasiyadagidek  qo‘l  mehnatiga  va  unga  asoslangan  qurolga 

tayanadi.

M anufaktura  ixtisoslashtirilgan  qurol  va  asboblar  vujudga 

keltirib  ham da  ishchini  tor  operasiyalarni  bajarishga  bog'lab, 

yirik  mashinalashgan  ishlab  chiqarishga  o ‘tish  uchun  zarur 

shart-sharoit  tayyorlaydi.  Bu  davrda  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etish,  mehnatning  mazmuni  va  holatiga,  ishlab  chiqarishning 

butun  texnologik  usulida,  iqtisodiy  munosabatlarda  va  butun 

ijtimoiy  hayotda  ham  tub  o ‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  XVI11 

asrning  so‘nggi  30  yili  ichida  boshlangan  sanoat  revolyusiyasi 

natijasida  yirik mashinalashgan  ishlab  chiqarish  vujudga  keldi.

Kooperasiyaning  bu  shakli  xuddi  manufaktura  singari,  mehnat 

taqsimotiga  asoslanadi,  lekin  undan  mashinali  mehnatga  asoslanishi 

bilan  tubdan  farq  qiladi.  Fabrika  ichidagi  mehnat  taqsimoti 

tamomila mashinalaming vazifalari bilan belgilanadi.

M ashinalar  tizimiga  asoslangan  fabrika  bugun  ham  ko‘p 

jihatdan  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  asosiy 

bo‘g‘ini  rolini  saqlab  kelmoqda.  Shu  bilan  birga  fan  va 

texnikadagi  inqilobiy  o ‘zgarishlar,  1.  EHM ning  paydo  bo'lishi 

va  rivojlanishi,  yagona  axborot  tizimlarining  yaratilishi,  ishlab 

chiqarish  umumlashuvining  yanada  o'sishi  uning  texnikaviy 

bazisini jiddiy  ravishda  o ‘zgartirib  yubordi.

Fan-texnika, 

texnologiya 

va 

axborot 


tizimidagi 

o ‘zgarishlarga  qarab  ko‘pchilik  olimllar,  masalan,  R.Aron,  Dj. 

Gelbreyt, 

U.Rostou 

va 

boshqalar  jamiyat 



taraqqiyoti 

bosqichlarini  uch  bosqichga:  industrlashgungacha  bo ‘lgan 

jamiyat,  industrlashgan  jamiyat,  yuqori  industrlashgan  yoki 

axborotlashgan jamiyatlarga  bo‘lib  o'rganishni  tavsiya  etadilar.

Bunda  ular  industrlashgungacha  bo‘lgan  jamiyatning  asosiy 

belgilari sifatida:  a)  aholining asosan, qishloq xo‘jaligi bilan bandligi;  b) 

qo‘l  mehnatining  hukmnonligi;  v)  mehnat taqsimotining juda  sayozligi 

(dehqonchilik,  chorvachilik,  hunarmandchilik,  savdo,  boshqaruv  va 

boshqalar); g) natural xo‘jalikning hukmronligini ko‘rsatadi.

Jamiyat  taraqqiyotining  ikkinchi  muhim  bosqichi  industrlashgan 

jamiyatning 

asosiy 


belgilari 

deb: 


a) 

ishlab 


chiqarishning

92

www.ziyouz.com kutubxonasi




mashinalashganligi;  b)  sanoatning  fan-texnika  yutuqlari  asosida 

rivojlanishi, 

unda  ishchilar  sonining  ko‘payishi;  v)  shahar 

aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko‘payishi  va boshqalar.

Taraqqiyotning  uchinchi  muhim  bosqichi  yuqori  darajada 

industrlashgan 

jamiyatning 

asosiy 


belgilari: 

a) 


xizmat 

ko'rsatish  sohasining  yuksak  darajada  rivojlanishi;  b)  ishchi 

kuchining  asosiy  qismi  (60-70%)  shu  sohada  band  bo‘lishi;  v) 

fanning  bevosita  ishlab  chiqaruvchi  kuchga  aylanishi,  fan 

xodimlarining  va  malakali  mutaxassislar  rolining  oshishi;  g) 

iqtisodiyotning  hamma  sohalarida  va 

kundalik  hayotda 

axborot  va  hisoblash  texnikalarining  keng  qo'llanilishi;  d) 

tovarlar  va  xizmatlar  sifatiga  putur  etkazmasdan  iqtisodiy 

resurslarning  hamma  turlarini  tejash  imkonini  beradigan  yangi 

texnika  va  texnologiyalarning  keng  qo ‘llanilishi  va  boshqalar.

Biz  yuqorida  ta’kidlab  o‘tganimizdek,  texnika  va  texnologiyadagi 

o ‘zgarishlar jamiyat  taraqqiyotida  asosiy  rolni  o'ynaydi  va  tashkiliy, 

boshqaruv  tizimlarining,  ishchi-xizmatchilar  tarkibining  o‘zgarishiga, 

mehnat  unumdoriigining  o‘sishiga  olib  keladi.  Lekin  bu  texnik 

o‘zgarishlarga  qarab  bir  tomonlama  yondashuv  bilan  jamiyat 

taraqqiyoti  qonunlarini  aniqlab bo‘lmaydi.  Ayniqsa,  iqtisodiy tizimlar 

va  ularning  holatlarini  bilishda  ham  texnik,  ham  ijtimoiy-iqtisodiy 

o‘zgarishlaming  biigalikda  olib,  ularning  o‘zaro  bir-biriga  ta’sirini  va 

shu  dialektik  aloqadorlik  hamda  ta’sir  natijasida  sodir  boMadigan 

taraqqiyot qonunlarini o'rganish zarurdir.

Jamiyat  taraqqiyotiga,  jumladan  texnika  va  texnolo-giyaning 

rivojiga  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlaming  kuchli  ta’sirini  shunda 

ko‘rish  mumkinki,  bir  necha  ming  yillab  rivojlanmay  yotgan 

texnika  va  texnologiya  taraqqiyoti  tovar  xo'jaligi  va  bozoming 

vujudga  kelishi  bilan gurkirab o'sib  ketdi.

Texnika  taraqqiyotining  hamma  bosqichlari,  ya’ni  oddiy 

kooperasiya,  manufaktura,  mashinalashgan,  ya’ni  industrlashgan 

ishlab  chiqarish,  yuqori  darajadagi  industrlashgan,  axborotlashgan 

jamiyat  bosqichlari  keyingi  250-300  yilga,  ya’ni  tovar  xo‘jaligi  rivoj 

topgan  davrga  to‘g‘ri  keladi.  Shuning  uchun  ham  keyingi  paytda 

ko‘pgina  iqtisodchilar  jamiyat  taraqqiyoti  bosqichlarini  iqtisodiy 

tizimlaiga  bo‘Iib o'rganadilar.

93

www.ziyouz.com kutubxonasi





Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin