KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishini rasmiylashtirish ishlariga jiddiy e’tibor berish kerak. Uning tashqi ko’rinishi va rasmiylashtirish talablarini bajarish kurs ishi sifatini baholashga kiradi.
Kurs ishining titul varag’i bo’lib, unda asosiy ma’lumotlar joylashtiriladi (2-ilova). Titul varag’i albatta kompyuterda terilgan bo’lishi kerak.
Titul varag’idan keyin kurs ishining rejasi betlari ko’rsatilgan xolda joylashtiriladi.
Ish qat’iy reja asosida yozilishi lozim, har bir savol ajratib ko’rsatilishi hamda yangi varaqda nomini ko’rsatilgan holda yozilishi kerak.
Ishda beriladigan jadvallar, chizmalar, diagrammalar yaxshilab chizilishi, raqamlar esa berilayotgan savol bilan bog’langan xolda bo’lishi kerak. Hamma jadvallar, chizma, diagrammalar va grafiklarga (har biri alohida, o’ng tomondan) nomer qo’yilishi, nomi hamda berilayotgan materiallarning manbasi ko’rsatilishi lozim.
Kurs ishi chiroyli va tushunarli qilib, A4 formatli qog’ozda tepa tomonidan 2,5 sm, pastki qismidan 2,5 sm, chap tomonidan 3 sm, o’ng tomonidan 1 sm joy qoldirib qo’lyozma shaklida yoziladi va betlari nomerlanadi. Kurs ishida qisqartirib yozishga yo’l qo’yilmaydi. Boshqa mualliflarning fikrlari qo’shtirnoq ichida manbasi ko’rsatilgan xolda berilishi kerak. Havolalar (tsitatalar) o’sha varaqning pastki qismiga yoziladi.
Kurs ishining oxirida foydalanilgan adabiyotlar quyidagi tartibda beriladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari
3.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
5. O’zbekiston Respublikasi vazirliklari me’yoriy-huquqiy hujjatlari
6. Darsliklar
7. O’quv qo’llanmalar
8. Ilmiy monografiyalar va maqolalar
9. Doktorlik, nomzodlik va magistrlik dessertatsiyalari
10. Ilmiy-amaliy anjumanlar ma’ruza to’plamlari
11. Gazeta va jurnallar
12. Statistik ma’lumotlar to’plami
13. Internet saytlari
14. Virtual kutubxona elektron darsliklari va o’quv qo’llanmalari
15. Bitiruv malakaviy ishlari
Adabiyotlar ro’yxatida quyidagi talablarga amal qilinadi:
-kitoblar uchun – mualliflarning familiyasi, kitob nomi, nashr etilgan joyi, yili va nashriyoti;
-maqolalar uchun – muallifning familiyasi, jurnal yoki gazetaning nomi, chiqqan yili va soni, joyi, nashriyoti
Dostları ilə paylaş: |