Ijtimoiy iqtisodiyot


KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 270,5 Kb.
səhifə3/10
tarix25.02.2023
ölçüsü270,5 Kb.
#85528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
КУРС ИШИ - УСЛУБИЙ КЎРСАТМАЛАР

KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Kurs ishi ushbu fanni o’rganishning eng asosiy bosqichi hisoblanib, talabalardan uzoq muddat mehnat qilishni va jiddiy bilimni talab qiladi.


Kurs ishining maqsadi – tanlangan mavzu savollarini chuqur o’rganish, bozor iqtisodiyoti sharoitida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, adabiyot va statistik materiallar ustida ishlash bo’icha ko’nikmalar hosil qilish hamda iqtisodiy tahlilni amaliy hulosa va takliflar darajasiga yetkazishdan iborat.
Kurs ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • o’rganilayotgan ob’ektni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish usullari orqali mustahkamlash, nazariy bilimlarni kengaytirish;

  • ushbu muammolar bo’yicha davlat tomonidan qabul qilingan tadbirlar tizimini o’rganish;

  • kerakli adabiyotlarni tanlash, ko’nikmalarni egallash va statistik materiallar bilan ishlash;

  • Ilmiy ishlar bilan shug’ullanish ko’nikmalarini egallash, o’z fikrini to’g’ri va ketma-ketlikda bayon qilishni o’rganish va shu kabilar.

Kurs ishda o’rganilayotgan ob’ekt bo’yicha bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar har tomonlama yoritilgan bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan qabul qilingan Qonunlar, Prezident Qarorlari va Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini o’rganish zarur.
Ushbu xujjatlarni bilish kurs ishining har bir savolini yoritishda o’z ifodasini topishi kerak.
Kurs ishini bajarishda statistik usullar va iqtisodiy tahlil qilishni bilish zarur hisoblanadi. SHuningdek, talaba statistik ma’lumotlar materiallar va matematik usullar bilan ishlashni bilishni taqozo etadi.



  1. KURS ISHINI TAYYОRLASH VA BAJARISH TARTIBI

Kurs ishini tayyorlash mavzuni tanlashdan boshlanadi. Kurs ishining mavzusi kafedra tomonidan taqdim etilgan bo’lib, fan dasturida ko’rsatilgan hamma bo’limlarni o’z ichiga oladi. Kurs ishlari mavzulari ilovada berilgan.


Kurs ishini yozish, o’rganilayotgan ob’ekt bo’yicha qonunlarni, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda iqtisodiy adabiyotlar, mahsus monografiyalarni to’plashdan va o’rganishdan boshlanadi. Shuningdek, o’rganilayotgan savollar bo’yicha chet el adabiyotlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Kurs ishining birorta savolini chet el tajribasiga bog’lash ishning nufuzini oshiradi.
Mavzu bo’yicha adabiyotlar talabalar tomonidan tanlanadi. Shu bilan birga talabalar o’rganilayotgan ob’ektning rivojlanish jarayoni va undagi o’zgarishlarni tahlil qilish uchun kerakli ma’lumotlarni yig’ishni, ularni tahlil qilishni hamda hulosa va takliflarni asoslashni bilishlari lozim.
Kerakli ma’lumotlar manbalari bo’lib, nashr qilingan statistik to’plamlar, O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi, vazirliklar, ilmiy - tadqiqot institutlari tomonidan to’plangan ma’lumotlar hamda birlashma, korxona, firma va tashkilotlarning hisobot materiallari hisoblanadi.
Yig’ilgan materiallar, ma’lumotlar va adabiyotlarni o’rganib chiqish savollarni aniqlashga va uning asosida kurs ishi rejasini tuzishga imkon beradi. Reja kafedra tomonidan belgilangan ilmiy rahbar tomonidan ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
Kurs ishi rejasi 4-6 savoldan iborat bo’lib, mavzuning eng muhim holatini yoritishi lozim.
Kurs ishini bajarish jarayoni rahbar tomonidan muntazam nazorat ostida bo’lishi lozim.




  1. Yüklə 270,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin