Ijtimoiy iqtisodiyot



Yüklə 270,5 Kb.
səhifə2/10
tarix25.02.2023
ölçüsü270,5 Kb.
#85528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
КУРС ИШИ - УСЛУБИЙ КЎРСАТМАЛАР

So’z boshi

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni kadrlarni tayyorlash sohasida ham tub o’zgarishlar qilinishini talab etadi.


Hozirgi davrga kelib, an’anaviy mehnatdan intellektual mehnatga o’tilishi ko’zga tashlanmoqda. Ushbu holat mehnat jarayonlarini modellashtirishga yangi yondashuvlarni izlashga majbur etmoqda. An’anaviy mehnat jarayonini amalga oshirish uchun insonning biologik imkoniyatini saqlab borish va rivojlantirish talab qilinar edi. Intellektual mehnat jarayoni esa asosiy diqqat-e’tiborni insonning ijtimoiy va intellektual imkoniyatini saqlash va rivojlantirishga qaratadi. Mehnat sifati borasida ro’y berayotgan bunday siljish odatiy bo’lib qolgan ko’pdan-ko’p tasavvurlarni o’zgartirib yubormoqda.
Mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni, shu jumladan, mehnat mohiyati namoyon bo’lishining o’ziga xos shakllari, chunonchi, ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish, unga haq to’lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiologiyasi bilan bog’liq bir qator muammolarni o’rganish, iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiyalash sharoitida mehnatni tashkil etish, mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish muammolarini o’rganish; iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirishning asosiy muammolarini aniqlash; bozor mexanizmi tizimida mehnat bozorining shaklanishi va rivojlanishi muammolarini o’rganish; aholining ish bilan bandligi va ishsizlikni kamaytirishning yo’llarini aniqlash; korxonaning ish haqi tizimini tahlil qilish va mehnat ko’rsatkichlari tahlili; aholi turmush darajasi daromadlarini oshirish muammolarini o’rganish; mehnat sohasida aniq sotsiololik tadqiqotlar o’tkazish tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o’rgatish muhim ahamiyatga ega.
Shunday ekan, zamon talablariga javob beradigan bilimdon va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash oliy maktabning dolzarb vazifalaridan biridir.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A. ta’kidlaganidek: “...hozirgi vaqtda mutaxassislar tayyorlanayotgan har qaysi ixtisoslik yo’nalishi real hayot talablariga qay darajada javob berishi, unga nafaqat bugungi, balki yaqin istiqbolda qanday ehtiyoj borligini har tomonlama chuqur aniqlashimiz lozim” 1.
O’zbekiston mustaqilikka erishgandan keyin oliy ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirilayotganligi ta’lim yo’nalishi bo’yicha kurs ishlari bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalarning yangi avlodi yaratilmoqda.
Ushbu uslubiy qo’llanmada bakalavrning kurs ishini maqsadi, vazifalari va uni bajarishning asosiy bosqichlari, mavzulari va ularni tanlash, reja tuzish, kerakli adabiyotlardan foydalanish, amaliy ma’lumotlarni yig’ish, ularni tahlil qilish va internet ma’lumotlaridan keng foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riqlar ko’rsatib berilgan.
Ushbu uslubiy qo’llanma 5231600 - “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga va professor - o’qituvchilarga mo’ljallangan.
Boshqa ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar ham o’zlariga moslagan holda ushbu uslubiy qo’llanmadan foydalanishlari mumkin.


  1. Yüklə 270,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin