Tabiiy-ilmiy bilimlar. Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar ayniqsa, matematika rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikkinchi asrda to’qqiz kitobdan iborat «matematika» traktati tuzildi. Bunda oldingi olimlarning bilimlari proporsiya, progress, bo’lishlar bayon etilgan. Pifagor teoremasi va boshqalar to’plangan. Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. Er. avv. 104-yilda bir yil 365,25 kun hisoblab chiqildi. Shu yil qabul qilingan kalendar eramizning 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalendar bo’yicha yil 12 oyga bo’lnidi. Qo’shimcha oy kabisa yiliga qo’shilib 3 yilda bir marta belgilangan. Qo’yosh–oy kalendari qishloq xo’jalik ishlariga moslashtirilgan. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi. Er. avv. III asrda Xitoy vrachlari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar. 280 davolash usulini qo’llaganlar.
MAVZU: Markaziy Osiyo va Eron madaniyati
Reja:
Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o`ziga xos xususiyatlari.
Markaziy Osiyo hududidagi ilk davlatlar madaniyati .
Yunon-Baqtriya madaniyati miqiyosida sharq elinistik madaniyati.
Qadimgi Eron madaniyati
Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o`rin tutadi. Uning o`rta asrlardagi madaniyatiga butun dueyo allaqachon munosib o`rin bergan. Xatto baqtriya, Marg’iyona, Sug’d, Parfiya, Farg’ona, Xorazm, CHoch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahon xalqlarini xayratga solmoqda. Markaziy osiyo mintqasining qadimgi madaniyati o`rganish o`n yillar ilgari boshlangan bo`lsa tadqiqotchilarning bu madaniyatining o`ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirdi. Markaziy osiyo madaniyati G’arb va sharqning buyuk madaniyat elimentlarni bir butunlikda uyg’unlashtirib o`ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi tarqqiyot uchun ham negiz bo`lib qoladi.
Markziy osiyo xalqlarining madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval jo`g’rofiy o`rni va tabiiy va tabiiy vositalarga e`tiborni qaratish kerak bo`ladi.Madaniyatshunoslikning har qanday madaniyatning o`ziga xos alfozni joy manzarasi, iqlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e`tibor beradi. Markaziy osiyo mintaqasining tabiati turli millat bilan farq qiladi. Bu erda serxosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, qaqaroq cho`llar, dashtu adirlar, Pamir va tangritog’ning baland muzofatlari bilan yonma-yon joylashgan. Bunday xussiyat dehqonchilik, chorvador, tog’da yashovchi qabila va xalqlar xo`jalik tarzi va o`ziga xos madaniyatlarning shakllanishi uchun imkon yaratadi.
«Qadimgi tsivilizatsiya» deb nomlangan risolada markaziy osiyo madaniyatining ikki xususiyati ko`rsatiladi: bir tamondan, turli madaniyatlarning o`zaro ta`sirida, ikkinchi tamondan, qadimgi tsivilizatsiyalarning boshqa o`choqlari bilan yaqin aloqada rivojlanishi. Bu xususiyatlarini batafsil kuzatadigan bo`lsak markaziy osiyo madaniyatining shakllanish jarayolari yaqqol namayon bo`ladi.
Markaziy osiyoning serxosil vodiysi, cho`l va dashti, tog’larida yashovchi aholining turmush sharoitidagi faqrlar turi xo`jaliklarni ertaroq paydo bo`lishi o`ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keladi. Bu jarayon yaqin qo`shinchilik munosabatlari asosida sodir bo`lib, qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari tarqqiyotning ertaroq boshlanishiga imkon yaratdi. eng qadimgi davrlardan dehqonchilik, chorvachilik va tog’ ovchi qabilalari o`rtasida munosabat ayriboshlash Marakziy osiyo xalqlarining iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo`lib, keyingi davrlarda ham uzoq saqlanib keldi. Turmush tarzi va xo`jalik faoliyatidagi farqlanish bilan birga mintaqa xalqlarining etnik va tillardagi yaqinlik juda ham uyg’unlashib ketganligini qadimgi Xitoy va YUnon manoalarida ham qayd qilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining kuchli iqtisodiy aloqalari, etnik va til birligi ularni bir-biridan ayricha yashashiga yo`l qo`ymadi.
Natijada qadimgi SHarqning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo qadimggi madaniyati ajralib, o`ziga xos ko`rinishda shakllanadi. Dastlab bu madaniyat’ga ikki xil madaniyat aralashib ketdi: ko`chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda tsivilizatsiya olami;
Markazi yOsiyoning o`troq dehqonchilik va ko`chmanchi xalqlarida ancha muncha farqlar bo`lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin munosabatlar o`rnatilgan.Diniy e`tiqodlar, urf-odalar, fol’klorlar, ahloqiy me`yordagi umumiylik madaniy umuiylikni shakllanishiga olib kelgan. SHuning uchun bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli Submadanityalar mavjudligi haqida to`xtalish joizdir: Qadimgi madanityalar sub madniyati (Baqtriya, Sug’d, Xorazm, Farg’ona, Marg’iyonning), dasht ko`manchilari-sak, myassaget, dakechchilar submadaniyati, Pamir va Tangri tog’ qabilalarning sub madaniyati.
Marakziy Osiyo madaniyatining o`ziga xosligining ikkinchi jihati mintaqaning o`ta qulay jo`g’rofiy o`rnashganligi bilan bog’liq. Mintaqa Mesopatomiya, Xindiston va Xitoy kabi uchta buyu sharq tsivilizatsiyasi bilan bevosita chagaradosh bo`lib g’arb tsivilizatsiyasi beshinchi-Gretsiya va rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday aloqalarning muqararligi Marakziy osiyo madaniyati vositachiligi missiyasini bajarishga sabab bo`lidi, ya`ni iqtisodiy sohalarda eng avvalo xalqaro sovdoda va madaniy sohalarda ham markaziy Osiyo G’arb va SHarq o`rtasida boqlovchi ko`prik vazifasini bajardi. Xususan markaziy osiyo xududi orqali buddizm butun dunyoga yoyildi, Xindiston va Xitoyga ellinistik ko`rinishlari o`tdi, SHarqdan G’arbga va G’arbdan SHarqga madaniy boyliklar (bilim dunyoviy g’oya, kashfiyot, badiiy asarlar) ning almashib turishida Markaziy Osiyo muhim vositachi bo`lib xizmat qildi.
Markaziy Osiyo madaniyatining buyuk vositachilik missiyasi boshqa madaniy qadriyatlarini yangilash, o`zlashtirish,mahorati vaqayta ishlash kkabi jixatlarimiz bo`lmas edi. Bumadaniyat qadimdanoq yangi xodisalarni o`zlashtirsh va moslashtirish mahoratiga ega bo`ldi. Garchi boshqa qadimgi sharq madaniyatlaridagi kabi Markaziy osiyo madaniyatida ham an`nanalar keng o`rin egallasada, aytarli xarakter kasb etmaydi, ya`niki, uzliksiz madniyat yangilanish va taraqqiyot jarayoniga to`siq bo`lmaydi. SHuningdek, an`analarning mustahkam xukmronligi tarixiy vaziyatga ham to`sqinlik qilganliklarini ta`kidlash kerak. Mintaqa orqali katta bosqinchilik yurishlar, xalqlarining ko`chishlari yuz bergan bo`lib, bu markaziy Osiyo xalqlarining tarixi davomida bir necha bor madaniyatni sezilarli o`zgarishlar olib keldi.
Afsuski ko`pincha urushlar Markazi Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining behisob dalillarini yo`q qiladi. Arxiolog qazilma ma`lumotlar va yozma manbaalar mil. avv.1-ming yilik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Sug’d, Baqtriya va xorazm madaiyati haqida biroz ma`lumotlar beradi. Mil. avv.ning ilk davlatlari Sug’d, Baqtriya va xorazm madaiyati haqida biroz ma`lumotlar beradi. Mil. avv. VIII-VII asrlarga oid Afrafsiyob (Samarqand), Surxandaryo vohasidagi Qiziltepa, Qashqadaryo vohasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Qizilqir kabi qadimgi shaharlarda o`tkazilagn tadqiqotlar murakkab ijtimoi ytuzilma av madaniyatning yuqori rivojlanganligii ko`rsatadi. Bu shaharlar mudofaa devorlarini va sub ta`minotdagi iborat kuchli ixtexkomtizimiga ega bo`lib, ichida xunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy qoldiqlaridan qal`alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo`jaligining asosiy soohasi hisoblangan dehqonchilik taraqqiyotining darajasi haqida ko`p tarmoqli sg’orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy osiyo xalqlarinng Qadimgi sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o`rnatgan.
Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, xunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan.(lojuvarld, oltin, mis, bilan) savdo sotiq qilingan. Bu haqida Ossuriya va Qadimgi YUnon yozma manbalarida gapiriladi. Xususan Baqtriyaning yirik shaharlari, ko`p sonli aholisi haqida Baqtriya shohi Oksiartning afsonaviy boyligi haqida Kgesiy Knidiskiy (mil.avv. V-IV asrlar) yozib qoldirgan.
Ko`chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi haqida mashhur qadimgi YUnontarixchisi geradot (mil.avv. Vasrda yozib qoldirgan.Umassagetlarning harbiy qurollari (amon-yoyi,nayza oyboltasi.)oltindan bezaksifatida, misdan qurol va sovut uchun keng foydalanishni ta`kidlaydi. Geroditning yozishicha, massagetlar yagona ma`bud quyoshiga topinib,otni qurbonlik qilganlar.
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma`naviy madaniyati haqidagi bilimlarning bebaho manbasi Avesto hisoblaniblangan. Avesto so`zining mazmuni umumiy izohga ega emas, ko`pincha Asosiy matn sifatida tarjima qilindi. Avesto dunyoning dunyoning eng qadimgi dinlaridan bo`lgan zardo`shtiylik tarfdorlari uchun muqaddaskalima hisoblanib, payg’ambar Zardo`sht to`planganlarga undan va`z o`qigan. Uninghayoti davri mil.avv. o`qigan. Uninghayoti davri mil.avv. IX-VI -VI asrlar atrofida deyiladi.Avesto va uning boshqa matnlarining to`planishi ko`p asrlar davomida amalga oshirilgan .Avesto ning eng qadimgi matnalarimil.avv..Avesto ning eng qadimgi matnalarimil.avv.II minginchi yillarga taalluqli.Avestoning millodiy VII asrga tegishli bo`lgan to`plami juda turlicha mazmundagi 21 kitobidan iborat bo`lib, o`sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardushtiylik an`analariga ko`ra bu yodgorlik ezgulik va YOrug’lik xudosi axuramazdaning Zaratujtra voxiysi hisoblanadi. Biroq unda qadimgi mifalogik tasavvurlar, ham tasavvurlanadi. SHuningdek, diniy yo`l-yo`riq payg’ambar davridan keyin zardushtiylikning rivojlangan e`tiqod ramzi yuzaga keldi. Hozirgacha Avestoning ayrim qismigina, faqat 4itobi saqlanib qolgan:
1. Videvdat-«Devlarga qarshi g’onunlar», bu kitobda asosan zardo`sht va Axuramazada o`rtasida suxbat, yo`l-yo`riq va ko`rsatmalar mazmunida bo`lib, zulmat va yovuzdik xudosi Ax-rimani boshqaruvchi yomonlik kuchlarini qaytarish haqida.
2. Visprat-«hamma xukmdor», bu kitobda ibodat namozlari to`plangan.
4. YAsna-«ibodat»,Marosim kitobi xudolarga sig’inish va murojatdan iborat. YAsnadagi «Tot»lar nomli 17 bobzardo`shtning muqaddas qo`shiqlaridir.
4. YAsht-«Qadrlash», «Hamdu-sano» kitobi xudolarni sharaflovchi qadimgi gmnlar va ezgulik xudolariga yovuzlikka qarshi kurash yordam beruvchi kuchlar haqida.
Bundan tashqari «Avesto» majmuaga «kichik avesto» ham mansub, u avesto tilida yozilgan bo`lib, ibodat kalimalari joylashgan.
Ko`pchilik olimlar Zardo`sht yuksak ahloqiy idealdagi va ishontiruvchi fikrlari bilan birinchi xaq payg’ambar ekanligini takidlaydilar. Zardo`sh ta`limotiga muvofiq barcha quruqlikning o`zgarmas ibtidosi Arta bo`lib, «Avesto»da xaqiqat, olov ruh deyiladi. Axuramazda tartibli saqlanuvchi osmon xudosi yorug’lik va ezgulik hisoblangan.(oxura-xo`shayish,ega,mazda-idrokli, bilimdon). Axuramazdaning o`g’li-Atar (olov), uning vatani bulutlardek qurigan suvlar, uning makoni-xududsiz yog’du. Oxuramazda 6 ta ruhni-yordamchilarniyaratdi (amesh spenta): ezgu aql, yaxshi tartib, layoqatli qudrat, olijanobmo`minlik,sog’lomlik va boqiylik. Unga Axrimaning zumat qo`shini-devlar, urushlar timsoli,ochlik, kasallik,adolat va boshqa yovuz kuchlar qarama-qarshi turadi. Olam va barcha insoniyat hayotining asosida ezgulik o`rtasidagi azaliy kurash yotadi.
Zardo`sht ta`limotining ulug’ligi shundaki, u har bir kishiga tanlash imkonini beradi. Har kim ham yovuzlikni yo`q etish va ezgulikni xukmron bo`lishida ishtirok etishi mumkin, bu ishda barcha bir xilda tengdir. SHu tariqa erda ilgari bo`lmagan jannat-oltin asr tiklanadi. Unda sovuqham, jazirama ham, qarilik ham, o`lim ham bo`lmaydi. YOvuzlik bilan kurashda xar kishining asosiy kuroli mehnat bo`lgan. Zardo`shtiylik ahloqi kishidan kamtarin va halol meva eksa, u xaqiqat tarqatadi. Videvdat kitobining «Dexqonchilik fazilati haqida» bobidan olingan. Fikr ,so`z va ishda taqvodorlik, ishchanlik,halollik,xolislik yuksak ahloqning asoosiy talabalari sifatida ko`tariladi. YAsna kitobidan zardushtiylikning e`tiqod ramzi haqida deyiladiki: «Qasam,ezgu fikrni, ezgu so`zni, ezgu faoliyat majburiyatlarini bajarishni talab qiladi».
Zardo`shtiylik birinchi bo`lib, esxatalogik ta`limoti rivojlantirish yaratilgan,bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming yilni tashkil qiladi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarini hal qiluvchi yovuzlik jang boshlanadi. Bugun olamni erigan metal oqimi o`q qiladi. Biroq xaloskor saosh’yant halok bo`lgan dunyoni va barcha marhumlarni tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do`zoxdan chiqarib Ohurumazning ideal xukmronligida abadiy hayot kechiradi. SHu tariqa zardo`shtiylikda birinchi bo`lib oxiratdagi jazo, marhumlarning tirilishi so`roq kuni g’oyalar Doro 1 ming Bexustun yovuzida va Kserksning Persepoldagi yozuvida ham qayd qilinadi. Zardo`shtiylik Markaziy Old Osiyo xududlarida ming yillar davomida xukmron din bo`lib keldi va shubhasiz, bu din xristianlik va islom kabi jahon dinlarining shakllanishida katta o`rin tutadi.
Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi va madaniyatning mustaqil rivojlanishi eron ahmoniylari tamonidan birinchi o`irik bosqichining tufayli to`htab qoldi. Sug’d, Baqtriya, xorazm mil. avv.
VI-IV asrlarda ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu imperiya tarkibi kirishi, yagona boshqaruv, qonunchilik, tizimining o`rnatilishi, oromiy yozuvning umum davlat miqiyosida qo`llanilishi.
Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Ahmoniylar davrida xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoitning vujudga kelishi Markaziy Osiyo shaharlarining taraqqiyotiga imkon tug’ildi. Ahmoniylar xukmronligida mamlakatlarga sayyoxlar va olmlar borishi mumkin edi. Xuddi shu davrda SHarq mamlakatlarga Gerodit,Demokrit va boshqalar sayoxat qilgan. Ahmoniylar imperiyasidagi yirik shaharlar-Suza, Persepol, Menfis, Nippur, Bobilda turli joylardan xususan, Xorazm, Baqtriya, Sug’ddan chiqqan kishilar, saklarning xarbiy aholisi yashagan.
O`z navbatida mil.avv. V asrda Oks daryosining o`ng sohilida Miletlik YUnonlarning manzilgohi tashkil topadi. SHu tariqa Ahmoniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar, midiyaliklar, bobilliklar,misrliklar, yunonlar, xindlar bilan yaqin munosabatda bo`lish madaniyatining ham o`zaro ta`siriga imkon yaratdi.
Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko`pgina mamlakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e`tiqodlar, san`at yutuqlarining sintezi hisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham o`zining xissasini qo`shgan. Zardo`shtiylik ahmoniylarlarning davlat dini va sifatida qabul qilinishi bilan birga G’arbga ham keng yoyila boshladi. Ahmoniylar san`atining Suza va persipoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko`plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishi Baqtriyadan oltin, Sug’ddan lojuvard va qimmatli toshlar, Xoraxmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning janubidan topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir, Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, SHuningdek, madaniy qadriyatning boyishi va turli madaniyatlarning o`zaro ta`siri jarayoni esa o`z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.
Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo erlari yunon-makedonlar tamonidan bosib olingan Markaziy Osiyo madaniyatida ellinizm elimentlari kirib keldi. ellinistik jarayon slavkiylar davlatidan mustaqil bo`lgan Parfiya va YUnon-Baqtriyada o`zining yuqori rivoji bilan ajralib turadi. YUnon Baqtriya davlati yunonllar mahalliy sintezi qisqa vaqtda o`zining ijobi ynatijalarini berdi, sharharlar soni tez kunlarda o`sdi, dexqochilik, chorvachilik, ayniqsa xunarmandchilik rivojlanib bordi. Markazi yosiyo mintaqasi buyuk ipak yo`li bo`lib, o`sgan xalqaro savdoning markazi sifatida o`ta muhim o`rin egalladi. Tavra-pul munosabatlarini o`sishida Baqtriya shohlarining o`z pullarini zarb qilishi xalqaaro savdoning rivojiga ijobiy ta`sir qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan ham ajralib turadi.
YUnon-Baqtriya davridagi oyxonum (SHim Afg’oniston), Saksonaxur va Taxtisangin (Tojikiston ), Dalvarzin tepa, YOrqo`rg’on, Afrasi,yobTolibarzu (O`zbekiston) kabi shaharlar qurildi. YUnon xarbiy manzilgohlarining aholisi turmush tarzi va madaniyatlari aks ettiruvchi ellinistik uslublar YUnon-Baqtriya sharharlarida ochib o`rganildi. Inshootlar tosh, xom va pishiq g’ishtdan tiklangan. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodan majmualari, gimnaziya, teatrbinolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazalltar, yaproqlari, palmetallar, cheti nashlangan cherepitsa-antifikslar singari unsirlarin qo`llanilishida aks etadi.
Markaziy osiyoning antik badiy madaniyatning muhim uslubiy xususiyatini san`atlar sintezi tashkil etgan: Xaykataroshlik, tasviriy san`at, naqsh bunda umumiy me`morchilik rasamadagi- va uning ritmiga bo`ysingan holad me`morchilik bilna yaxlitda namayon bo`ladi. Bu sintez Kushonlar davrida ham mahalliy madaniyatda o`z ta`sirini saqlab qoldi. Kushonlar davri Markazi yosiyo, Afg’oniston, Pokiston, Xindiston xalqlari tarixidagina emas balki dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o`rin egallaydi.Turli xalqlar madaniyati chatishishi natijasida bu erda o`ziga xos madaniyat shakllandi, shu bilan birga keyingi asarlar madaniyatining o`zaro ta`siri yangi tarixiy bosqichga qadamqo`ydi. ellin madaniyatining an`ananalari Kushonlar davrida ijodiy jixatidan qayta shshakllandi va yangicha tahlil qilina boladi.
Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoda sug’orma dehqonchilik, xunarmandchilik, shaharsozilk, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon-Baqtriya yozuvlari, barhma va qaharoshhi xind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvohlik berdi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o`sha zamon san`ati bilan bezatilishida namayon bo`ladi. Termiz yaqinidagi ayridomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlaoriga sarg’ishroq toshdan xaykal o`rnatilgan. Bino ichida g’ishtdan ishlangan budda xaykalining qoldiqlari topilgan. Xaykallarning ishlanish uslubi, kiyimi musiqa asboblari Xindiston O`rta Osiyo, YUnoniston madaniyatlarining o`zaro ta`sirida rivojlanganligidan dalolat beradi. Buni Xarazm, Farg’ona, Sug’d, Parfiyadan topilgan turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalari timsolida ham ko`rsatish mumkin. Kushonlar davrida shaharlar qurilishi keng rivojlangan. SHaharlar qalin devorlar bilan o`ralib, ichida ark va arkning atrofida har xil binolar qad ko`targan Sopol idishlar nixoyatda nafis va jarangdorligi bilan va xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Amaliy san`at keng taraqqiy etgan. Zeb-ziynat buyumlari va mehnat jang qurollari yasash, mato to`qish rivojlangan. Umuman kushonlar davri madaniyati Markaziy Osiyoning eng cho`qqis hisoblanib,ma`lum xudud va zamon bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat Old Osiyo, Markaziy Osiyo va Antik, Xind madaniyatlari yutuqlarini o`zida jamlab, qo`llab sharq xalqlarining o`rta asrdagi madaniyati rivoji uchun asos bo`ldi va jahon madaniyati o`chmas iz qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: |