Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə140/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   238
mehnat kodeksi

317-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish
Mehnat shartnomasi yoki unga yozma shaklda tuziladigan qo‘shimcha kelishuv, shuningdek jamoa shartnomasi mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirishi mumkin. Bunda ish beruvchining xodim oldidagi shartnomaviy javobgarligi ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
318-modda. Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi yuzaga kelishi shartlari
Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi tarafining aybli g‘ayriqonuniy qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) natijasida ushbu shartnomaning boshqa tarafiga yetkazilgan zarar uchun hamda aybli g‘ayriqonuniy qilmish va yetkazilgan zarar o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqasi mavjudligi uchun yuzaga keladi.
Mehnat shartnomasi taraflaridan har biri o‘ziga yetkazilgan moddiy ziyonning miqdorini isbotlashi shart.
2-§. Ish beruvchining xodimga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarligi
319-modda. Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon
Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:
xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;
xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;
xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.
Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.
320-modda. Ish beruvchining xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilganligi natijasida unga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash majburiyati
Ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining o‘rnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagilar natijasida olinmagan bo‘lsa, shunday majburiyat yuzaga keladi:
ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi;
xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi;
xodim ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirilganligi;
xodim bilan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi;
xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi ko‘chirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi;
mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi qarorini o‘z vaqtida bajarmaganligi;
xodimning boshqa ishga kirishiga to‘sqinlik qiladigan, uning sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi;
qonunlar hamda jamoa kelishuvlarida va (yoki) jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin