Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə207/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   238
mehnat kodeksi

496-modda. Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ishning vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi shartlar mehnat shartnomasida qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida dastlabki sinov belgilanmaydi.
497-modda. Vaqtinchalik xodimlarni dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilish
Ikki oygacha bo‘lgan muddatga mehnat shartnomasi tuzgan xodimlar ushbu muddat doirasida dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayramlar kunlarida o‘z yozma roziligiga ko‘ra ishga jalb qilinishi mumkin.
Dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayramlar kunlaridagi ish kamida ikki hissa miqdorida pul shaklida kompensatsiya qilinadi.
498-modda. Vaqtinchalik xodimlarga mehnat ta’tili berish
Vaqtinchalik xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
Vaqtinchalik xodimlarga mehnat ta’tillari beriladi yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning xohishiga ko‘ra ishning har bir oyi uchun ikki ish kuni hisobidan kompensatsiya to‘lanadi.
499-modda. Vaqtinchalik xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Vaqtinchalik xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi), xodimlar sonining yoki shtatining o‘zgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi), shuningdek xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi) mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o‘z niyati to‘g‘risida vaqtinchalik xodimni kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart.
Vaqtinchalik xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi vaqtinchalik xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, vaqtinchalik xodim o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida bir kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi.
Vaqtinchalik xodimni ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismida nazarda tutilgan yozma ravishdagi ogohlantirish o‘rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to‘lashga haqli.
Agar jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, vaqtinchalik xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaydi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin