Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-bob. Mikrofirmalarda va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarda ishlovchi shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə210/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   238
mehnat kodeksi

29-bob. Mikrofirmalarda va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarda ishlovchi shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
1-§. Mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
504-modda. Umumiy qoidalar
Mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda (bundan buyon matnda ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma deb yuritiladi) xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish ushbu paragrafda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Agar ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma tadbirkorlik subyektlarining belgilangan tasnifiga muvofiq mikrofirmalar jumlasiga kirmay qolsa, davlat statistika organlari tomonidan ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar kiritilgan paytdan e’tiboran ushbu ish beruvchida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ushbu paragrafda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshirilishi kerak.
505-modda. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma ichki hujjatlarni (ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomni, mukofotlash haqidagi nizomni, smenalar jadvalini va boshqalarni) qabul qilishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli. Bunda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ichki hujjatlar bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan shartlarni kiritishi kerak. Mazkur mehnat shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan namunaviy shakl asosida tuziladi.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarga ishga kiruvchi shaxslar bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoxud muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarning xodimlariga ushbu mikrofirmadagi ish staji uchun qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi mumkin, uning davomiyligi va uni berish tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimni mehnat sharoitlarining o‘zgarishi (ushbu Kodeksning 137-moddasi birinchi qismi) va ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi (ushbu moddaning 146-moddasi birinchi qismi) to‘g‘risida kamida bir oy oldin yozma ravishda xabardor qilishi shart.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin