Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Ishga qabul qilishda va boshqa ishga o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilishga bo‘lgan huquqning kafolatlari



Yüklə 227,02 Kb.
səhifə14/24
tarix07.01.2024
ölçüsü227,02 Kb.
#205073
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
O‘RQ-410 22.09.2016

21-modda. Ishga qabul qilishda va boshqa ishga o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilishga bo‘lgan huquqning kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
Mehnat shartnomasining shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa shartnomalari, shuningdek jamoa kelishuvlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi boshqa ichki normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolarni sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan ishga qabul qilish va xodimlarni boshqa shunday ishga o‘tkazish taqiqlanadi.
Fuqarolarni sog‘lig‘i va hayotiga yuqori darajada xavf tug‘dirishi mumkinligi oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul qilish hamda xodimlarni boshqa shunday ishga o‘tkazish chog‘ida ish beruvchi ularni bu haqda ogohlantirishi shart.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno etadigan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi ana shunday ishga ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay o‘tkazishi shart.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazishda xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlanib qoladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi.

Yüklə 227,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin