17-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va o‘quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy o‘rganilishini tashkil etishi kerak.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini ta’minlaydi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”. 18-modda. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash Oldingi tahrirga qarang. [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Bunday ishlarning ro‘yxati, ularni berish normalari, ular bilan ta’minlash tartibi va shartlari jamoa shartnomalari hamda kelishuvlarida belgilanadi, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishuvga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
19-modda. Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ta’mirlash chog‘ida mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni ta’minlash [OKOZ: