1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
Mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob bermaydigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishga, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ta’mirlashga, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan olinganlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativlari (konsentratsiyalari) belgilangan tartibda ishlab chiqilmagan va tegishli ekspertizalardan o‘tkazilmagan zararli moddalarning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi taqiqlanadi.
20-modda. Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish Oldingi tahrirga qarang. [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy ko‘riklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]
Tashkilotlar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlarni, plakatlarni, boshqa targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobidan hosil bo‘lgan qismiga, shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari foydasining jamoaviy himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalarining, ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish, mavjud vositalarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish hisobidan olingan qismiga qonunchilikka muvofiq imtiyozli soliq solish belgilanishi mumkin.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)