25-modda. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va ularni o‘qitish [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy ko‘riklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]
Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart.
Xavfliligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo‘yicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va so‘ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davriy attestatsiya o‘tkaziladi.
Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, yo‘l-yo‘riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestatsiyadan o‘tishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l-yo‘riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi Qarang: Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishni va bilimlarni tekshirishni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami 272, 14.08.1996-y.). 26-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish [OKOZ: