Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə8/25
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#180412
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
572 17.09.2021

Oldingi tahrirga qarang.
O‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovlari chet tili fani o‘qituvchilari uchun tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmasini baholashga qaratilgan ijodiy sinovlar shaklida o‘tkaziladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)
38. Ijodiy, nazariy (og‘zaki, yozma), amaliy sinovlar Ta’lim inspeksiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning qo‘shma qarori bilan ro‘yxati tasdiqlanadigan ishchi guruhlar tomonidan har yili mart — may hamda oktyabr-noyabr oylarida o‘tkaziladi va mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq baholash mezonlari asosida baholanadi.
Ishchi guruh a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda yig‘ilish vakolatli hisoblanadi.
39. Madaniyat va san’atga, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun ijodiy va nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlar to‘rtta topshiriqdan (savoldan) iborat bo‘ladi va belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli bajarilganligiga (to‘g‘ri javob berilganiga) ko‘ra har bir topshiriq uchun 20 balldan, jami 80 ballik tizimda baholanadi.
40. Ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlar to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi va belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.
Ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarish) iborat bo‘ladi, har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ballik tizimda mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq amaliy sinovlar normativlari asosida baholanadi.
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.
41. Ijodiy va nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlar materiallari tizimida madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
42. O‘quv fanidan malaka sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan ta’lim tashkilotlarida hamda boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlagan holda o‘tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy sinovlar ta’lim tashkilotlarining stadionlarida yoki sport zallarida o‘tkaziladi.
43. Attestatsiya jarayoni uchun sinov materiallari Ta’lim inspeksiyasi tomonidan testologiyaning xalqaro talablari asosida, xolislik va maxfiylikni ta’minlagan holda shakllantiriladi.
Attestatsiya jarayoni uchun sinov materiallarini shakllantirish uchun Ta’lim inspeksiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, ularning hududiy va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari va malakali mutaxassislari, mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.
Sinov materiallarini shakllantirish uchun jalb etiladigan shaxslarga Ta’lim inspeksiyasi bilan tuziladigan shartnomalar asosida haq to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
431.Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovlari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
a) “tinglab tushunish” bo‘limi og‘zaki nutqni qabul qilish ko‘nikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
b) “o‘qish” bo‘limi o‘qilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
v) “yozma ish” bo‘limi tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan mavzular bo‘yicha bir-biri bilan bog‘langan matnlarni tuzish mahoratini tekshiradi;
g) “gapirish” bo‘limi tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va o‘z nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.
432. Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi qog‘oz blankalarda yoki kompyuterda (onlayn platforma orqali) o‘tkazilishi mumkin. Malaka sinovini o‘tkazish joyi Ta’lim inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
Yozma yoki og‘zaki malaka sinovi uchun imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Imtihon komissiyasining tarkibi Ta’lim inspeksiyasi rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va unga Ta’lim inspeksiyasi xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislar kiritiladi.
Malaka sinovi qog‘oz blankalarda o‘tkazilganda, ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Bunda birinchi bosqich “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “yozma ish” bo‘limlaridan, ikkinchi bosqich “gapirish” bo‘limidan tashkil topadi.
Malaka sinovi tegishli maxsus dasturlar asosida kompyuterda o‘tkazilganda, barcha bo‘limlar qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
433. Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovlariga jalb etiladigan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar bilan shartnoma tuziladi.
434. “Tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi. “Yozma ish” va “gapirish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida Ta’lim inspeksiyasining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi nazorati ostida imtihon komissiyasi tomonidan tekshiriladi va natijalari rasmiylashtiriladi.
435. Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi jarayonida:
“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
“o‘qish” uchun — 45 daqiqa;
“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
436. Malaka sinovida:
“tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlarining har biri 30 ta savoldan;
“yozma ish” bo‘limi 120 — 150 ta so‘zdan iborat topshiriqdan;
“gapirish” bo‘limi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat bo‘ladi.
437. Ta’lim inspeksiyasi malaka sinovi natijalarini sinov yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmasdan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
438. Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fanidan malaka sinovi har bir bo‘limining eng yuqori bahosi 20 ballni va barcha bo‘limlar uchun maksimal baho 80 ballni tashkil etadi.
439. Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fanidan malaka sinovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etadigan Ta’lim inspeksiyasi xodimlari, imtihon komissiyasi a’zolari, sinov materiallarini tayyorlaydigan ekspertlar va mutaxassislarni xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar tomonidan o‘qitish hamda metodik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar Ta’lim inspeksiyasining Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lari doirasida hamda budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
4310. Pedagog kadr quyidagi hollarda o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovlaridan chetlashtiriladi:
sinov o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
sinov o‘tkazilayotgan vaqtda boshqa ishtirokchilar bilan muloqot qilsa;
savollarni ko‘chirib olishga hamda sinov materiallarini auditoriyadan olib chiqishga harakat qilsa;
sinov materiallarini boshqa talabgorlarga bersa, sinovni o‘tkazish jarayoniga xalaqit qilsa;
sinov jarayoniga boshqa talabgorning o‘rniga kirganligi aniqlansa;
sinovlar uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng sinov materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
sinovlar jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin