Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


-§. “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə45/62
tarix08.08.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#138937
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

7-§. “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari
18. “Ijodkorlik” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;
milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;
san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
6-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
19. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘quv va tarbiyaviy faoliyatini o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi.
O‘quv yili 2-sentabrda boshlanadi va 31-maygacha davom etadi.
1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
20. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojlanishiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofini o‘rab turgan muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
21. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:
yillik mavzuli (tematik);
haftalik.
Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.
22. Yillik mavzuli rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zining yillik mavzuli rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuli reja maktabgacha ta’lim tashkilotining “Pedagogik kengashi”da tasdiqlanadi.
23. Haftalik reja yillik mavzuli rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o‘tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda / katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni o‘tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.
Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o‘zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq yoxud kamroq vaqtga mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan boqqa borishni rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning imkoni bo‘lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
24. Haftalik reja — bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar ishlanmasidan tashkil topadi. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
titul varag‘i;
guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;
ertalabki badan tarbiya kompleksi;
guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta’lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;
haftalik ish tahlili;
ilovalar.
25. Mashg‘ulotlar konspektlarida maqsad, faoliyatning qisqacha ta’rifi, zarur jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy hususiyatga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o‘zgartirilishi mumkin.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin