Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:
- yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash;
- maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik - pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
- zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
— bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
— maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo’yicha malakali maslahat ko’rsatish imkoniyatini yaratish;
2.2 Maktabgacha ta’limni rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish Yurtboshimiz olg`a surgan O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining beshta tamoyili asosida, ularning barida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan bo`lib, milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini mazkur prinsipga asosan, uch bosqichda amalga oshirish mo`ljallangan. Har bir bosqichning o`z oldiga qo`ygan aniq vazifalari bor. Ularning sifatli bajarilishi keyingi bosqichning muvaffaqiyatiga sabab bo`ladi.
O`tish davrini o`ziga qamrab olgan mazkur birinchi bosqich 1997-2001 yillarni o`z ichiga oladi. Milliy dastur qabul qilinganidan keyin o`tgan davr mobaynida unda belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi ham. Jumladan, ta‘lim boshqaruvchi organlari, o`quv muassasalari rahbarlari va xodimlarining e‘tibori ta‘lim mazmunini takomillashtirishga hamda yangi, ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga qaratildi.
Birinchi bosqichda kunduzgi umum ta‘lim maktablari asosida 2 o`quv yilini o`zida 600 yaqin litseylar vujudga keldi va umumiy o`quvchilar soni 165 ming talabaga etdi.
Bundan tashqari yangi tizimning huquqiy asoslari yaratildi. Umumiy o`rta ta‘lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi to`g`risidagi nizom, umumiy o`rta ta‘limning davlat standartlari, o`quv dasturlari bo`yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi dasturlar va boshqa bir qator me‘yoriy hujjatlar amalda qo`llash uchun kiritilgani ana shu ishlar jumlasidandir. Birinchi bosqichda amalda oshiriladigan eng asosiy ishlardan biri - bu 3 yillik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tizimiga zamin tayyorlashdan iboratdir. Har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va ehtiyojlari hisobga olingan holda ana shu yo`nalishlarni kadrlar bilan ta‘minlovchi mazkur ta‘lim muassasalarining joylashtirilishi, ularni moddiy va moliyaviy ta‘minlashning dasturi ishlab chiqildi va hukumat qarori bilan tasdiqlandi. Har bir yangi tashkil etiladigan litsey va kollejlarning yo`nalishlari bo`yicha o`ziga xos maxsus loyihalari ishlab chiqildi. Bunda mahalliy sharoitlar hisobga olinib, har bir tumandan tanlab olingan o`ziga xos loyiha bo`yicha litsey va kollejlarining tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu dasturda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini qayta ta‘mirlash, rekonstruksiya qilish, yangidan qurish zaruriyatidan kelib chiqqan holda (har bir viloyat, tuman, qishloq miqyosida) ularning moddiy bazasini ta‘minlash masalalari o`z echimini topgan. Bu borada davlatimizning barcha tuzilmalari, resurslari, iqtisodiy imkoniyatlari ishga solindi.
Ikkinchi bosqichda, ya‘ni 2005 yilda milliy dasturda belgilangan vazifalar to`liq amalga oshirildi.
Uchinchi bosqichda (2005 yildan keyin) kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ta‘lim- tarbiya kadrlar tayyorlash tizimini tarkibiy bir qismidir. Talim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir sohadir.
Jadvalda keltirilgan ma‘lumotlardan ko`rinib turibdiki, akademik litseylar 2000 yildan 2016 yilga qadar 3 barobardan ortiqga o`sgan, lekin bugungi kundagi iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoni tezlashgan davrda ta‘lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ushbu ko`rsatkich 2017 yilda 50 foizga qisqarmokda. Ya‘ni ta‘lim tizimini sifat bosqichiga ko`tarish jarayoni kechayotgan davrda ta‘lim sifatiga javob bera olmaydigan, reyting ko`rsatkichlari past bo`lgan Allar tugatilishga erishilmoqda. Oliy ta‘lim muassasalari ko`rsatkichlariga e‘tiborimizni qaratadtgan bo`lsak, OTMlar soni 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 10 taga ortgan, talabalar soni esa 146 foizga ortganligi aks ettirilgan. Ma‘lumotlardan ko`rinib turibdiki O`zbekistonda ta‘lim tizimini sifat jixatidan yuqoriga ko`tarish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli, shu tariqa, faqat ta‘lim-tarbiyadangina iborat emas, balki bir-biriga bog`liq bo`lgan ko`pgina hayot bosqichlarini o`z ichiga oladi. Milliy modelimiz, bu - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarishning uzviy birligi va hamkorligi, ularning bir-biriga aloqasini aks ettiradi.