Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari
MUNDARIJA: KIRISH ……………………………………………………………………………. I-BOB : IJTIMOIY MAKTABGACHA TA`LIMNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI. MUSTAQILLIK YILLARIDA MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA ASOSIY YO`NALISHLARI.
1.1.Maktabgacha ta`limning mazmun –mohiyati va ta`lim tizimida tutgan o`rni………………………………………………………………………………….
1.2. Maktabgacha ta`limning ustuvor vazifalari……………………………………
II-BOB IJTIMOIY MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI 2.1 O`zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari…………………………………………………………………………..
2.2 Maktabgacha ta’limni rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish………………………………………………………..
III-BOB IJTIMOIY MAKTABGACHA TA'LIMNINING RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI 3.1 Maktabgacha ta'limning Davlat xaraktеri, uning xalk ta'limi tizimida tutgan o`rni…………………………………………………………………………………
3.2 Maktabgacha ta‘lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish zarurligi va vazirlikning vazifalari..............................................................................................
XULOSA ................................................................................................................. ADABIYOTLAR RO`YXATI............................................................................... KIRISH Mavzunidolzarbligi. O`zbekistonda bugungi shiddat bilan modernizatsiya, globall rivojlanish kechayotgan bir jarayonda davlat tomonidan ta‘lim tizimini isloh qilish orqali boshqarishining ahamiyati juda muhimdir. Ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko`tarish sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Jumladan, ―Ta‘lim to`g`risida‖gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi‖ning yangi loyixalari ustida ishlar olib borilmoqda, ya‘ni takomillashtirilmoqda.
Shuningdek, maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish uchun innovatsion tavsifga ega bo`lgan ―Davlat – xususiy sherikchilik to`g`risida‖gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bor bo`lgan maktabgacha ta‘limni yanada rivojlantirish, yangilarini shakllantirsh va bunda davlatning rolini sherikchilik asosida kuchaytirishga qaratilgan. SHuningdek xukumat rahbari SH.Mirziyoevning 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-sonli `Davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi qarori ular faoliyatini rag`batlantirishga undaydi, bu esa davlat tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy ximoyasini ta‘minlaydi.
O`zbekiston Prezidentimiz SH. Mirziyoevning 2017 yilning 16 iyunida Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashriflari asosida hududlarda olib borilgan qat‘iy islohotlar natijasida majburiy to`qqiz yillik ta‘limdan keyingi ta‘lim, ixtiyoriy 11 yillik yoki 9-sinfdan so`ng akademik letseylarda yoki kasb- hunarga yo`naltirilgan kollejlardagi ta‘limga aylantirildi, ya‘ni o`quvchiga va uning ota-onasiga to`qqiz yillik majburiy ta‘limdan keyingi ta‘limni tanlash imkoniyati yanada kengaytirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi 2909-son qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirining O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorining ijrosi to`g`risida 2017 yil 24 aprel №244-son buyrug`lari nomlaridan ham ko`rinib turibdiki oliy ta‘lim tizimini, oliy ta‘limdan keyingi ta‘limni rivojlantirish orqali ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan e‘tiboridir.
Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta‘minlashdagi hamkorlikning muhim yo`nalishi sifatida oliy ta‘lim, fan va ishlab chiqarish o`rtasida innovatsion korporativ hamkorlikni o`rnatish maksadiga SH.M. Mirziyoevning ―Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarinnng ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to`g`risida‖gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli Qarori hamda O`zbekiston Respublikai Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvar oyidagi
―Ilmiy innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi VMQ-24-sonli qarorlari asos bo`ldi va bugungi kunda ushbu qarordagi vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Yuqorida aytilgan davlatning ta‘lim tizimini boshqaruvidagi roli asosida takomillashuv sifatlariga ega shaxsni shakllantirishga nafaqat ta‘lim mazmuni, balki qo`llanilayotgan texnologiyalar, o`quv jarayoni, o`qish va bilishning o`qitish texnologiyasini tatbiq etishdan ham iboratdir.
SHuning uchun ushbu tanlangan bitiruv malakaviy ishining mavzusi mavjud ta‘lim tizimini bozor menxanizmi orkali takomillashtirish, yangilarini shakllantirish orkali ta‘lim sifatini ortishiga erishishga qaratilgan bo`lib, dolzarb hisoblanadi.