ijtimoiy maktabgacha ta\'limni tashkil etish vazifalari
3.2 MAKTABGACHA TA‘LIMTIZIMIDAGI ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHZARURLIGI VAVAZIRLIKNINGVAZIFALARI Ma‘lumki, uzluksiz ta‘limning boshlang`ich qismi xisoblangan maktabgacha ta‘lim bolalarning sog`lom o`sishi va tizimli o`qitishga tayyorlanishida muxim o`rin tutadi.
Maktabgacha ta‘lim bolaning sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta‘minlaydi, unda o`qishga intilish hissini uyg`otadi, uni muntazam ta‘lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta‘lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta‘lim muassasalarining yangi tarmog`i shakllanib bormoqda. Bu o`rinda `Xonadon bog`chasi` hamda `Bolalar bog`chasi – boshlang`ich maktab` majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida Bblalarga tasviriy san‘at, musiqa, til va kompg`yuter savodxonligini o`rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarning `Kadrlar tayyorlash milliy dasturi` talablari asosida ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasida 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta‘lim muassasalariga qamrab olish darajasi 2016 yilda shu yoshdagi aholining 23,8 foizini tashkil etdi. 2017 yil 1 yanvar xolatiga respublika maktabgacha ta‘lim muassasalari soni 5138 tani tashkil etib, shundan 3065 tasi shahar, 2050 tasi qishloq joylaridan joylashgan. Ularda tarbiyalanayotgan 690975 nafar bolalardan 53 foizini o`g`il bolalar, 47 foizini tashkil etadi. O`zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoev 2017 yil 30 sentyabrda ―Maktabgacha ta‘lim tizimini boshqarishni takomillashtirish haqida‖gi PQ - 3305-sonli farmonni imzoladi. Hujjatda Maktabgacha ta‘lim vazirligini tashkil etish ko`zda tutilgan edi. Ushbu farmonni qabul qilinishiga va maktabgacha ta‘lim tizimida islohatlar amalga oshirilishiga nima sabab bo`ldi? degan savolga javob berishdan boshlaymiz.10 Bugungi kunda O`zbekiston hududlarida etarli darajada xususiy o`quv markazlari tashkillangan. Ularning juda katta qismida, abiturientlarni tayyorlash kurslari, til kurslari, qizlar uchun hunar kurslaridan tashqari, bolalarga maktabgacha ta‘lim berish kurslari (`pochemuchka`) mavjud. Bundan tashqari, faqat maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishga ixtisoslashgan xususiy maktab va o`quv markazlari ham mavjud. Joylardagi aholisining taxminan 70–
80 foizi etnik o`zbeklar bo`lgan holda, maktabgacha ta‘lim markazlariga qatnovchi bolalarning 80 foizi esa etnik rus, koreys, tatar, shuningdek, rusiyzabon o`zbek oilalari vakillaridir. YA‘ni, maktabgacha ta‘lim masalasida teskari statistikani kuzatish mumki, ya‘ni o`zbek oilalari bolalari qamrab olinmagan.