Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari


Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi



Yüklə 208,48 Kb.
səhifə9/10
tarix18.12.2022
ölçüsü208,48 Kb.
#76197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ijtimoiy maktabgacha ta\'limni tashkil etish vazifalari

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:


birinchidan, maktabgacha ta‘lim sohasida muvofiqlashtirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga tatbiq etish;
ikkinchidan, xalqaro tajribani chuqur o`rganib, maktabgacha ta‘lim yoshida bo`lgan bolalarning jismoniy va estetik ulg`ayishi, har tomonlama intellektual axloqiy rivojlanishi uchun keng sharoitlarni yaratish;
uchinchidan, respublika bo`ylab bosqichma-bosqich tashkil etiladigan, o`zaro raqobatda bo`lgan davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalariga turli imtiyozlarni taqdim etish, soliqlardan qisman ozod etish, tashkil etilgan muassasalar hisobiga bolalarni MTMlarga jalb etib borishni tashkillashtirish; to`rtinchidan, amaliyotda zamonaviy o`quv-pedagogik texnologiyalardan foydalanish; muassasalarda tarbiya va o`quv jarayonlarini innovatsion metodlar asosida olib borish;
beshinchidan, maktabgacha ta‘lim muassasalarini o`quv-metodik, didaktik materiallar, o`quv ahamiyatiga ega o`yinchoq va shu turdagi buyumlar bilan ta‘minlash, shuningdek, badiiy adabiyotliklarni etkazib berish;
oltinchidan, maktabgacha ta‘lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar hamda rahbarlarning malakasini oshirish, ularni kasbga qayta tayyorlash; ettinchidan, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarni moddiy rag`batlantirish dasturini ishlab chiqish hamda vazirlikka yangi, malakali xodimlarni ishga jalb etish;
sakkizinchidan, me‘yor talablariga mos keluvchi sinfxonalarni tashkil etish, tarbiyalanuvchilar ehtiyoji to`liq qondiruvchi sharoitlarni yaratish, sog`lom ovqatlanish dasturini qayta ko`rib chiqish hamda ularga tibbiy yordam ko`rsatish xizmatini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda. to`qqizinchidan, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatish hamda ularning hayoti va sog`lig`ini himoya qilish bo`yicha profilaktika chora- tadbirlarini muvofiqlashtirish.
Qarorda aytilishicha, mazkur vazirlik barcha shartnoma, munosabat va sohaga doir masalalar bo`yicha Xalq ta‘limi vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Aholi yashash joylarida talab va taklif munosabatlarini o`rganib chiqib, kelgusida butun O`zbekiston bo`ylab, maktabgacha ta‘lim yoshida bo`lgan bolalarni ta‘lim muassasalariga jalb etish maqsadida, 60, 70, 100, 120 va 150 o`rinli davlat hamda nodavlat MTM qurilishi rejalashtirilgan.
Davlat maktabgacha ta‘lim tizimi xodimlarini rag`batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 10–son qarori bilan Davlat maktabgacha ta‘lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to`lash va ularni moddiy rag`batlantirish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi. Nizomga asosan davlat maktabgacha ta‘lim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari:

  • lavozim va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalar;

  • lavozim maoshlariga qo`shimchalar va ustamalar asosida shakllantiriladi11

.(1-ilova tarifikatsiya)
Jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan muascasalarda rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorda tarbiyachi yordamchilarga esa 50 foiz miqdorda qo`shimcha to`lov qo`shimcha haq to`lanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571- sonli `Davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida`gi qarori imzolandi.Ushbu qaror uzluksiz ta‘lim yagona tizimining muhim bo`g`ini sifatida maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to`lash va moddiy rag`batlantirishning munosib shart- sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida qabul qilingan. Hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining 2018 yil 1 martdan boshlab –mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o`qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari – 30 foizga, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma‘lumotli o`qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta‘lim maktablari boshlang`ich sinflari o`qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda – 30 foizga, oliy yoki o`rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma‘lumotli tarbiyachining o`rinbosarlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari – 20 foizga, maktabgacha ta‘lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari – 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladi. Buning natijasida davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida mehnat qilayotgan jami 93555 nafar xodim, shundan 4908 nafar mudir, 3924 nafar oliy ma‘lumotli tarbiyachi, 39523 nafar o`rta maxsus ma‘lumotli tarbiyachi, 673 nafar metodist, 3765 nafar defektolog, 1450 nafar psixolog, 33259 nafar tarbiyachi yordamchisi va 7503 nafar musiqa rahbarining ish haqlari sezilarli darajada oshiriladi.
Ushbu qarorda 2018 yil sentyabr oyidan boshlab oliy ma‘lumotga ega bo`lgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumta‘lim maktablari boshlang`ich sinflari o`qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qo`yilgan.
Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, CHiroqchi, Nishon, YAkkabog` va G`uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, SHofirkon, Qorako`l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo`rg`on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida 2023 yilning 1 yanvarigacha ota-onalar badal to`lovi miqdorini 50 foizga kamaytirish nazarda tutilgan.


XULOSA
Bugungi kunda oldimizga qo`yilgan buyuk maqsadlarimizga ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, xayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri - avvalambor, zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz.
Kadrlarni tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish bo`lib, maqsadni ro`yobga chiqarishda `Ta‘lim to`g`risida` O`zbekiston respubliksi Qonuniga muvofiq ta‘lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari hamda ta‘lim sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta‘lim tizimini rivojlantirishni va takomillashtirish ta‘minlashdan iborat bo`ldi.
Bugungi kunda Dastur spetsifik xususiyati uning insonni butun umri davomida ta‘lim jihatdan tayyorlashning barcha bosqichlari va bo`g`inlarini o`z ichiga oluvchi uzluksiz ta‘lim tizimiga yo`naltirishida mujassamlashgandir. Birinchi bosqichda yaqin o`tmishdagi amaliyotga xos bo`lgan barcha uzilishlarni bartaraf etgan holda maktabgacha ta‘lim, o`rta ta‘lim, boshlang`ich va o`rta professional ta‘lim kichik tizimlari doirasida uzluksiz ta‘lim tizimini barpo etishga va takomillashtirishga e‘tibor berilmoqda.
Deyarli barcha mamlakatlardagi kabi O`zbekistonda ham davlat byudjeti, shubhasiz, ta‘limni moliyaviy ta‘minlashning bosh manbaidir. Ta‘limga davlat xarajatlarining deyarli 90 foizi respublika byudjetidan (jumladan mahalliy darajada qolgan respublika soliqlarini qo`shgan holda respublika byudjetiga barcha tushumlar), shuningdek respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga subvensiyalar va boshqa transfertlardan moliya mablag` bilan ta‘minlash. Ta‘limga davlat xarajatlarining 10 foizdan sal ko`prog`i bevosita mahalliy daromadlardan moliyaviy ta‘minlangan.
Bizning zamonamizda bo`lg`usi mutaxassis o`zlashtirishi lozim bo`lgan ilmiy axborotlar hajmi to`xtovsiz oshib bormoqda. SHu munosabat bilan ta‘lim oluvchi rivojlanishning yuqori darajasiga intiladi, o`z qobiliyati va imkoniyatlarini to`liq ishga soladigan, xullas to`la kuch bilan o`qiydigan takomillashgan o`quv jarayoni tashkil etish tizimini ishlab chiqishi lozim.
SHuni ham xulosa qilib aytish mumkinki, ta‘lim tizimi o`quv yurtlarini jahon andozalari darajasiga ko`tarish, xalq xo`jaligining mutaxassislariga bo`lgan talablarni ilmiy baholash, yoshlarga ta‘lim berish va ularni tarbiyalashda ilg`or xorijiy tajribadan samarali foydalanish va ularning o`z mutaxassisliklaridan kelib chiqqan xolda bandligini ta‘minlash bugungi kunda eng muhim masalalardir, chunki barkamol intellektual etuk avlodsiz buyuk kelajakni tasavvur etib bo`lmaydi.


Yüklə 208,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin