Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari


II-BOB IJTIMOIY MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI



Yüklə 208,48 Kb.
səhifə4/10
tarix18.12.2022
ölçüsü208,48 Kb.
#76197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ijtimoiy maktabgacha ta\'limni tashkil etish vazifalari

II-BOB IJTIMOIY MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI
2.1 O`zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
  Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida yuz berayotgan ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy - ma’rifiy o‘zgarishlar ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ta’lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirishni taqozo etmoqda.Ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi 0‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy g‘oyalarida o‘z aksini topgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’zluksiz ta’lim tizimida bolalarni o‘quv fanlari bo‘yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo‘lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkllotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatai tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan. Shuningdek bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ta’lim-tarbiyaishlarining samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish ko‘rsatilgan.
O’lkamizda XIX asrning 80-90-yillariga kelib maktabgacha ijtimoiy tarbiya tizimini vujudga keltirish g’oyalari yetila boshladi. O’sha davrda yashab ijod etgan ma’rifatparvar mahalliy ziyolilar ayollarning og’ir ahvoliva bolalar nazoratsizligini e’tiborga olib, bu masalaning yechimini izlay boshlaydi. Jumladan, 1872- yilda Turkistonda tuzilgan “Jamiyati hayriya” tarkibiga kirgan ziyolilar vakillari tomonidan miskinlar uylari, tunash joylari, ilk tug’ruqxonalar bilan bir qatorda, ota-onasi bo‘lmagan bolalar uchun yetimxonalar (dastlabki bolalar uylari) tashkil etildi. Butun Turkiston bo’yicha 150-200 nafar bolani qamrab olgan ushbu yetimxonalarda ham yasli yoshidagi, ham maktab yoshidagi bolalar tarbiyalangan. 1891-yilda “Bog’dorchilik” jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog’ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi” ko’rinishida birinchi bolalar bog’chasi ochilgan. Bolalar bog’chasi uchun istirohat bog’i hududidan sersoya joy ajratib berilgan bo‘lib, bu yerda arg’imchoqlar, qayiqlar o’rnatilgan, turli o’yinchoqlar tayyorlangan. Bundan tashqari, maydonchada kattagina gulzor tashkil etilib, bu yerda bolalar o’simliklarni parvarish qilish bilan mashg’ul bo‘lgan. Ammo 1891-1903yillar mobaynida mablag‘ taqchilligi sababli bog’cha bir necha marta yopilgan.

Yüklə 208,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin