«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MUSTAQIL ISH MAVZULARI 
1. Ijtimoiy boshqarishning innovatsion nazariyasi? 
2.Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi. 
3. Insoniyat jamiyati tarixidagi 2-boshqaruv inqilobi. 
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR 
Masala. 
Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi 
kombinatga, jamoa tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga 
ishongan, mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish 
niyatida yonib ish boshladi. 
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish 
bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda 
qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda 
yaxshi raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam 
tennis ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur 
etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi. 
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel 
tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy 
ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni 
chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar. 
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib, 
o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga 
million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil 
qiladi, deb xom cho’t qilindi. 
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab 
chiqarish o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- 
yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish 
ko’zda tutilgan. 
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan 
savol ularni qiynab qo’ydi. 
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy 
extiyojga ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi 


272 
sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat 
raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan 
birga pulni yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel 
kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo’ydi. 
-
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan 
miqdorda 
ishlab 
chiqaramiz, 
tavakkalchilikdan 
yo’qotishni xam 
minimallashtiramiz dedi, extiyotkor buxgalter. 
-
Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab 
chiqarish xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb 
xisoblayman. Shunda yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam 
tavakkalchilikka asoslangan, lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday 
yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi. 
-
Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, 
qarorni “oltin” o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas 
darajada ishlab chiqarish kerak dedi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin