267
3-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT - XX ASR OXIRI XXI ASR
BOSHI BOSHQARUV MADANIYATINING KO’RINISHI
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Tashkiliy madaniyat. Rahbar. Maslahatchi. Zamonaviy boshqaruv. Boshqaruv
maslahatlari berish.
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR
“Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar”
So‘nggi yilda bundan avval ham ishlari uncha yaxshi bo‘lmagan
“Kompleks” yopiq turdagi hissadorlik jamiyatining ishlari yomonlashdi.
Talab
kamaydi, mahsulot iste’molchilari to‘lovlarni to‘lashga shoshmadilar. To‘lasalar
ham asosan barter qilardilar, natijada ushbu jamiyatning
ham debitorlik ham
kreditorlik qarzlari ko‘payib ketdi, ishlovchilar esa to‘rt oylab maosh olmadilar.
Bosh direktor Antonov N.I. ning fikricha,
buning sababi, davlatdagi
umumiqtisodiy inqiroz, respublikada ishlab chiqarish siyosatining yo‘qligi va u
takliflarni rad etganligidadir. Direktorlar kengashi
boshqaruvchini almashtirish
muammosini echishga to‘g‘ri keldi. Hissadorlarning navbatdagi yig‘ini bahslar
ostida o‘tdi va unda bundan avval “Kompleks” ning
rahbariyatini tanqid ostiga
olgan va olti oy davomida korxonaning ishini yaxshilashga va oyliklarni vaqtida
to‘lashga va’da bergan Sashin K.A. yangi direktor etib tayinlandi. Sashin deyarli
bir ovozdan tayinlandi. YAngi rahbar
ishini shundan boshladiki, o‘zini
tayinlanganidan so‘ng uch kunga, u tanlovdagi bosh raqibi bo‘lgan bosh muhandis
Izmaylov A.P. ga har qanday hujjatlarni taqdim qilishni taqiqladi.
Ertasi kuni har narsadan iqtisod qilish bahonasida uning xizmat mashinasini
olib qo‘ydi va 50-60 km oralig‘ida joylashgan bo‘linmalar
ishini nazorat qilish
imkoniyatidan mahrum qildi. Bularning hammasi, bosh muhandis o‘z ishini eplay
olmasligi va bosh direktordan hayfsan olib, mukofot pulidan mahrum bo‘lishiga
olib keldi.
Yangi direktor bilan ikki oy davom etgan og‘ir ishdan so‘ng Izmaylov
ishdan bo‘shashiga to‘g‘ri keldi. Tanlov bo‘lganiga yarim yildan ortiq vaqt o‘tdi,
lekin hissadorlik jamiyatidagi ahvol yaxshilanish o‘rniga yomonlashdi. Oyliklar
ham kechiktirildi, byudjet oldidagi qarzlar ham ko‘paydi,
nafaqa fondi oldidagi
qarzlar ham ko‘paydi va “Kompleks” bankrot yoqasiga kelib qolish ehtimoli bor.
Dostları ilə paylaş: