263
II. MUSTAQIL TA’LIM
MASHG’ULOTLARI
1-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING SHAKLLANISHI
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Shaxs. Jamiyat. Ijtimoiy menejment. Ijtimoiy loyiha. Ijtimoiy rejalashtirish.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.
Ijtimoiy
taraqqiyot, ijtimoiy boshqarishning innovatsion nazariyasi
tushunchalarining mazmunini yoriting.
2.
“Menejment” so’ziga klaster tuzing.
3.
Ijtimoiy
modullar, dasturlar va texnologiyalarni ishlab chiqish bilan
bog’liq qanday muammolar mavjud?
4.
“Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasiga klaster tuzing.
5.
Ijtimoiy menejmentning shakllanishi va tarixi haqida nimalarni bilasiz?
6.
“Rivojlanishdagi qarama-qarshiliklar” tushunchasiga klaster tuzing.
7.
Mamlakatlar ichida ijtimoiy farqlanishning o’sishi
deganda nimalarni
tushunasiz?
8.
“Aholining ko’payishi” tushunchasiga klaster tuzing.
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR
1-topshiriq
«Korporativ madaniyat yoki samaradorlik»?
P.Anvarov, kompyuterlar savdo qiladigan kompaniyaning marketing
bo‘limida rahbar bo‘lib ishlaydi. Bozor to‘lgan,
raqobat keskinlashgan, savdo
hajmi pasaygan.
Uning savdo vakillari komandasida, asosan oilasiz 25-30
yoshdagi insonlar
band. Mijozlarni ushlash va yangi mijozlarni jalb etish uchun ular ko‘p, hattoki
dam olish kunlari xam ishlar edilar.
Bir necha vaqt avval 35 yoshli Anvarov o‘z bo‘limiga 37 yoshli, 6
yoshli
bolasini bir o‘zi tarbiyalaydigan, kompyuter texnikasi marketingi bo‘yicha tajribali
mutaxassisni, Laylo Umarovani ishga olgan edi.
Etarlicha ko‘p ishlayotgan Umarova haftasiga 45 soatdan ko‘p va dam olish
kunlaridan voz kechish ilojisi yo‘q edi. Qolganlar esa (bolasi yo‘qlar) unga
qaraganda ko‘proq ishlashar edi, Umarovadan esa uncha mamnun emasdilar.
264
Oxiri borib, shunday bo‘ldiki, Umarova ish borasida hammadan orqada
qoldi, faoliyat ko‘rsatkichlari past.
Shunda gurux menejeri 29 yoshli I.Salimova Anvarovdan Umarovani
bo‘shatishini talab etadi.
Anvarov qanday yo‘l tutish kerak.
Albatta, kompaniya etarli bo‘lmagan darajada ishlayotgan xodimlarni ushlab
turishni o‘ziga ep ko‘rmaydi.
Lekin Anvarov shunga aminki, Umarova yaxshi
mutaxassis va yaxshi munosabatga loyiq. Ikki bolaning
otasi sifatida uni yaxshi
tushunadi.
Bundan tashqari rahbariyat tomonidan xodimlarga oila qadriyatlari haqida
ko‘p gapirilgan.
Bu tasdiqlar quruq gap bo‘lib qolaveradimi?
Vazifa
1.Vujudga kelgan nizo xarakterini aniqlang va vaziyatni tahlil qiling.
2.Ushbu muammoni echish uchun qanday har-xil takliflar berar edingiz?
3.Anvarovni o‘rnida bo‘lganingizda qanday qaror qabul qilgan bo‘lar
edingiz.
Javobingizni asoslang.
Dostları ilə paylaş: