265
2-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING RIVOJLANISHI TARIXI
VA UNING ILMIY MAKTABLARI
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.
Ijtimoiy menejmentning shaklanishi haqida aytib bering?
2.
Menejmentning ilmiy maktablari to’g’risida nimalarni bilasiz?
3.
Inson jamiyati tarixidagi 1-boshqaruv inqilobi va uning kelib chiqish
sabablari?
4.
Ilg’or o’zgarishlar davri – menejerlik inqilobi davri?
5.
Ijtimoiy menejment madaniyatini shakllanishi?
6.
Inson tarixidagi beshta boshqaruv inqilobi?
7.
Ijtimoiy boshqarishning innovatsion nazariyasi?
8.
Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi
haqida nimalarni
bilasiz?
9.
Insoniyat jamiyati tarixidagi 2-boshqaruv inqilobihaqida gapirib bering?
10.
Boshqaruvni “yangi maktabi” asoschilari haqida gapirib bering?
11.
Ijtimoiy menejment tizimi va uning mohiyati?
12.
Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama – qarshiliklar nimalardan iborat?
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Boshqaruv inqilobi. Ma’muriylashtirish. Inson resursi. Ananaviy boshqaruv.
Ijtimoiy menejment maktabi. Ijtimoiy boshqaruv konsepsiyasi. Empirik maktab.
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR
“Boshliqni o‘rnini kim bosa oladi?”
Ikki yil oldin Dilmurod Usmonov bo‘lim boshlig‘i etib tayinlangan edi. SHu
muddat ichida u birinchi bor betob bo‘lib qoldi va ishga chiqolmadi. Baxtga qarshi
shu kuni boshqaruvchi bilan bir talay muhim ishlarni hal qilishi kerak edi.
Uni hayolida bir qancha fikrlar charx urdi. Bo‘limda nima bo‘layotgan
ekan? Hamkasblari usiz qanday eplashar ekan? Nima uchun hech kim qo‘ng‘iroq
qilmayapti, , maslahatlashmayapti. To‘g‘ri, ta’til vaqtida Fayziev o‘rnimga uncha
muhim bo‘lmagan
vazifalarni bajargan edi, muhimlarini esa qaytishimga
qoldirgan. Lekin unda yoz vaqti, jim-jitlik edi. Balki o‘rinbosar to‘g‘risida o‘ylab
ko‘rish kerakdir.
Garchand xush yoqmasada Usmonov bu haqda ilk bor o‘ylanib
qoldi va
hayolan vaziyatni tahlil qila boshladi.
Vaqtincha vazifasini bajaruvchi qanday vakolatlarga ega? U tajribani
qaerdan oladi. SHundoq ham o‘zining ishlari
etib ortadi, umuman o‘zi bunga rozi
bo‘larmikan?
Agar rozi bo‘lganda ham uning ishlarini kim bajaradi?
Vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi imzo qo‘yish huquqiga egami? Agar
266
vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi xatolikka yo‘l qo‘ysa, noto‘g‘ri qaror qabul qilsa
u holda kim javob beradi.
Fayziev boshqa xodimlar bilan til topisharmikan? Balki, Rixsievdir,
u har
xolda jamoa bilan tez chiqishuvchan.
Bu fikridan Usmonovning harorati ko‘tarildi.
Agar Rixsiev bo‘lim boshlig‘i vazifalarini a’lo darajada uddalasa nima
bo‘ladi.
CHunki u yaqindagi malaka oshirishda bo‘lgan
va murakkab
kompyuter dasturlari bilan ishlashni yaxshi biladi.
Balki, shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilmasdan, ishga chiqish kerakmikan?
Usmonov o‘zini yomon his eta boshladi va hammasini keyinroq o‘ylashga
qaror qildi...
Dostları ilə paylaş: