«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
 
 
 
 
 
 
 
 


265 
2-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING RIVOJLANISHI TARIXI 
VA UNING ILMIY MAKTABLARI 
MUSTAQIL ISH MAVZULARI 
1.
Ijtimoiy menejmentning shaklanishi haqida aytib bering? 
2.
Menejmentning ilmiy maktablari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
3.
Inson jamiyati tarixidagi 1-boshqaruv inqilobi va uning kelib chiqish 
sabablari? 
4.
Ilg’or o’zgarishlar davri – menejerlik inqilobi davri? 
5.
Ijtimoiy menejment madaniyatini shakllanishi? 
6.
Inson tarixidagi beshta boshqaruv inqilobi? 
7.
Ijtimoiy boshqarishning innovatsion nazariyasi? 
8.
Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi haqida nimalarni 
bilasiz? 
9.
Insoniyat jamiyati tarixidagi 2-boshqaruv inqilobihaqida gapirib bering? 
10.
Boshqaruvni “yangi maktabi” asoschilari haqida gapirib bering? 
11.
Ijtimoiy menejment tizimi va uning mohiyati? 
12.
Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama – qarshiliklar nimalardan iborat? 
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Boshqaruv inqilobi. Ma’muriylashtirish. Inson resursi. Ananaviy boshqaruv. 
Ijtimoiy menejment maktabi. Ijtimoiy boshqaruv konsepsiyasi. Empirik maktab.
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR 
“Boshliqni o‘rnini kim bosa oladi?” 
Ikki yil oldin Dilmurod Usmonov bo‘lim boshlig‘i etib tayinlangan edi. SHu 
muddat ichida u birinchi bor betob bo‘lib qoldi va ishga chiqolmadi. Baxtga qarshi 
shu kuni boshqaruvchi bilan bir talay muhim ishlarni hal qilishi kerak edi. 
Uni hayolida bir qancha fikrlar charx urdi. Bo‘limda nima bo‘layotgan 
ekan? Hamkasblari usiz qanday eplashar ekan? Nima uchun hech kim qo‘ng‘iroq 
qilmayapti, , maslahatlashmayapti. To‘g‘ri, ta’til vaqtida Fayziev o‘rnimga uncha 
muhim bo‘lmagan vazifalarni bajargan edi, muhimlarini esa qaytishimga 
qoldirgan. Lekin unda yoz vaqti, jim-jitlik edi. Balki o‘rinbosar to‘g‘risida o‘ylab 
ko‘rish kerakdir. 
Garchand xush yoqmasada Usmonov bu haqda ilk bor o‘ylanib qoldi va 
hayolan vaziyatni tahlil qila boshladi. 
Vaqtincha vazifasini bajaruvchi qanday vakolatlarga ega? U tajribani 
qaerdan oladi. SHundoq ham o‘zining ishlari etib ortadi, umuman o‘zi bunga rozi 
bo‘larmikan?
Agar rozi bo‘lganda ham uning ishlarini kim bajaradi? 
Vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi imzo qo‘yish huquqiga egami? Agar 


266 
vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi xatolikka yo‘l qo‘ysa, noto‘g‘ri qaror qabul qilsa
u holda kim javob beradi. 
Fayziev boshqa xodimlar bilan til topisharmikan? Balki, Rixsievdir, u har 
xolda jamoa bilan tez chiqishuvchan.
Bu fikridan Usmonovning harorati ko‘tarildi. 
Agar Rixsiev bo‘lim boshlig‘i vazifalarini a’lo darajada uddalasa nima 
bo‘ladi.
CHunki u yaqindagi malaka oshirishda bo‘lgan va murakkab 
kompyuter dasturlari bilan ishlashni yaxshi biladi. 
Balki, shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilmasdan, ishga chiqish kerakmikan? 
Usmonov o‘zini yomon his eta boshladi va hammasini keyinroq o‘ylashga 
qaror qildi...
 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin