41
Turli funktsiyali jamoalar.
Tashkilotlar
bunday boshqaruv metodini
tanlashining asosiy sababi ular buni an’anaviy boshqaruv bo’limlari yoki
muntazam ishlovchi guruhlarga qaraganda, yangiliklarga tezroq moslashuvchan
deb hisoblashadi. Bunday jamoalarning asosiy xususiyati ular tezlik bilan
yig’ilishi, e’tiborini yangi loyihaga qaratishi va yana tarqalishi ham mumkin. 10-
bobda, biz turli funktsiyali jamoalarni bo’limlarga bo’lishning
turli shakllari
sifatida muhokama qilgan edik. Shuni yodda tutingki, jamoalar turli
mutaxassisliklarga ega bo’lgan shaxslardan iborat bo’ladi. Turli funktsiyali
guruhlar shakllanganda esa jamoa a’zolari ularning funktsional sohalariga ta’sir
qiluvchi umumiy muammolarni echish uchun birikishadi.
Nazariy jihatdan,
ularning funktsiyalarini ajratib turuvchi sun’iy to’siqlar g’oyib bo’ladi va jamoa
tashkilotning maqsadiga erishish uchun birga ishlashadi. Masalan, dunyoning eng
yirik po’lat ishlab chiqarish kompaniyasi – ArcelorMittal kompaniyasida, turli
funktsiyali
tadqiqotchilar, menejerlar va sotuvchilarning jamoasi mahsulot
innovatsiyasini tahlil qilishadi. Turli funktsiyali jamoalar kontseptsiyasi sog’liqni
saqlash sohalarida ham qo’llanilmoqda. Masalan, Merilend shtatining Betesda
shahridagi gospitalda doktor, farmatsist,
ijtimoiy ishchi, oziqlantiruvchi, bosh
hamshira, terapevt va ruhoniydan iborat intensiv parvarish jamoasi ham kuni
bemorning holatini muhokama qilishadi. Gospital bu orqali xatoliklarni
kamaytiradi, bemorlarning gospitalda qolish vaqtini qisqartiradi
va bemorlarning
oilasi va gospital hodimlari o’rtasidagi aloqani kuchaytiradi. Biz bunday
jamoalarni 13-bobda yanada chuqurroq muhokama qilamiz.
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi dunyoda uch
o’lchamli LED televizorlarini ishlab chiqargan eng birinchi kompaniya bo’ldilar.
Samsung kompaniyasining muvaffaqiyatlarida innovatsiya juda ham muhim o’rin
egallagani uchun, kompaniya o’z ichida ishchilar o’rtasida ichki hamkorlikni, o’z
mijozlari bilan esa tashqi hamkorlikni yo’lga qo’yishga chaqiradi. Dunyoning 42
davlatida joylashgan tadqiqotchilik markazlari yangi texnologiyalar ustida
hamkorlik qilishadi. O’zining ichida esa kompaniya
mahsulotlarni tezroq ishlab
chiqish uchun kesishuvchan funktsional jamoalardan foydalanadi.