«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Ko’pchilik tashkilotlarda ishchilar



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Ko’pchilik tashkilotlarda ishchilar 
o’zlarining ish va tajribalarini 
ishdan 
tashqari 
joylarda 
o’tkaziladigan ichki va tashqi 
trening, 
sink-tank 
sessiyalari,
utilizatsiya


43 
bo’lishish va mashinalarni tuzatishdagi muammolarni yechishda yordam berish 
uchun o’zlarining boshdan kechirganlarini yozib o’tishadi. Pfizer farmatsevtik 
firmasida, amaliyot jamoalari kompaniyaning formal strukturasiga qiritilgan. 
Ishchilar tarmog’i deb nomlangan bunday jamoalar boshqalarga xavfsizlik kabi 
nozik masalalarda o’zlarining tajribasi bilan bo’lishib boradilar. Pfizer 
kompaniyasining bunday tajribasi hozirda yanada ommalashmoqda. Ammo 
bunday amaliyot jamoalari qanchalik samarali? O’tkazilgan tadqiqotlarning birida 
shu narsa aniqlandiki, bunday amaliyot jamoalari ishchilarning samaradorligi bilim 
va tajriba almashish orqali yanada kuchayar ekan. A-jadvalda mana shunday 
jamoalarning samarali ishlashi uchun ba’zi maslahatlar keltirib o’tilgan.
9
2020-yildagi dunyo. 
O’zgaruvchan tashkilotlar. 
020-yilga borib, nisbatan kamroq aholi to’liq vaqtli ishga ega bo’ladi. 
Tashkilotlar asosan qisman ishlovchi ishchilarga va ma’lum vazifani bajaruvchi 
yollanma ishchilarga tayanishni boshlashadi, bu esa tashkilotga yana o’zgaruvchan 
bo’lishga imkoniyat yaratadi. Ishchining nuqtai nazaridan tahlil qilsak, bu ishchi 
uchun ish beruvchiga bog’liq bo’lib qolishdan xalos qilib, ko’proq mustaqil 
faoliyat olib borishga imkon beradi. 
Kelajak ishchilari to’liq band bo’lgan ishchilar emas, balki chetdan turib 
ishlovchi konsultantlar bo’lishadi. Bunday ishlar bir necha hafta yoki bir necha yil 
davom etishi ham mumkin, ammo asosiy ehtimol shuki – ishchilar va ish 
beruvchilarning nuqtasidan qarasak – ularning o’rtasidagi munosabat doimiy 
bo’lmaydi. Shunday ekan, siz yangi loyihalarda bir qancha hamkor guruhlar bilan 
birga ishlayotgan bo’lasiz. 
Qo’shimcha ravishda aytish mumkinki, yirik kompaniya ofislari va 
markazlashgan korporatsiyalar ham kamayadi.Ishga bo’lgan talab kompaniyani 
katta miqdordagi ishchilarni bir joyda saqlashga ehtiyoj qoldirmaydi. “Markaziy” 
shaharlar – Nyu-York, Toronto va Londondagi qator yirik ofislar bo’shab qolishi 
ham mumkin. Natijada esa, ishlash imkoniyati geografik jihatdan teng 
taqsimlanadi va qator hollarda ishchilarning qaerda ekanligiga umuman bog’liq 
bo’lmay qoladi. Katta miqdordagi ishchilar o’z uylarida turib ishlashadi. Ko’plab 
tashkilotlar esa ishchilar uchrashishi yoki ishlashi mumkin bo’lgan hududiy satellit 
markazlar qurishadi. Bugday markazlar katta hajmdagi ofislarga nisbatan 
kamharjroqdir va ishchilarning uzoq yo’l bosib o’tishiga ehtiyoj qoldirmaydi.
10

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin