34
yakuniy natijani olishga qaratilgan xatti-harakatlar, usullar yordamida tashkilot,
jamiyat maqsadlariga erishish.
XXI asrda dunyo global xarakterdagi muammolar oldida turibdi. Lekin
ularning keskinlashuvi sodir bo’lmaguncha, echish usullari eskiligicha qolmoqda.
Buning negizi - madaniyatning, shuningdek, inson madaniyatining bir qismi
bo’lgan boshqaruv madaniyatining ortda qolishidadir. Dunyo yangi milliy
madaniyatlarning xilma-xilligi davriga qadam qo’ydi. Madaniyatlarning ko’pligi -
bu konfrontatsiyaning ko’payishi uchun asos emas, balki tolerantlik - o’zaro
chidam, odamlarning o’zaro tushunishi uchun sharoit. Lekin bu hozircha sodir
bo’lmayapti. O’zini o’tab bo’lgan «an’anaviy» va «kuchli» madaniyatlar
na’munalari dunyoga, uning alohida
regionlariga kuch usulida keskinlik kiritib,
sayyoradagi ijtimoiy keskinlik holatini kuchaytirmoqda. Insoniyat tirik qolishi
uchun mehnat faoliyatini, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda qator
progressiv o’zgarishlar kiritishi lozim. Lekin bugun tsivilizatsiyani bunday
zamonaviylashtirish faqatgina madaniyatlar, bilimlar, ne’matlar, xaqiqatni anglash
usullarini
tezda
almashtirish
sharoitidagina
mumkin.
Jamiyatni
zamonaviylashtirish muhim, lekin madaniy yangilanish undan oldin bo’lishi va
doimo uni ta’minlashi, sur’at va muddatlarini aniqlashi lozim. Jamiyat madaniyati
«parametrlarini»,
uning
alohida
regionlari,
mehnat
assotsiatsiyalarini
o’zgartiribgina, uni sifatli rivojlanish bosqichiga olib chiqish mumkin.
Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan
tezroq o’zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta’lim, aqliy mulkka istiqbolli
qo’yilmalar ko’maklashadi.
Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko’chirib bo’lmaydi.
Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne’mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega
bo’lgan odillik va etika me’yorlarining buzilishiga olib keladi.
Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan
tezrok o’zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta’lim, aqliy mulkka istiqbolli qo’yilmalar
ko’maklashadi.
Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko’chirib bo’lmaydi.
Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne’mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega
bo’lgan odillik va etika me’yorlarining buzilishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: