Kirish Tijorat banklari foiz siyosati va uning tuzilishi Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi. Banklarning aktiv va passivlari bo’yicha foiz siyosatining



Yüklə 262,5 Kb.
səhifə1/8
tarix16.05.2023
ölçüsü262,5 Kb.
#114070
  1   2   3   4   5   6   7   8
Tijorat banklarining foiz siyosati va kredit uchun foiz turlari


Tijorat banklarining foiz siyosati va kredit uchun foiz turlari
Reja:
Kirish

  1. Tijorat banklari foiz siyosati va uning tuzilishi

  2. Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi.

  3. Banklarning aktiv va passivlari bo’yicha foiz siyosatining xorij tajribasi va undan O’zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Tijorat banklarining paydo bo‘lish tarixiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarga nazar tashlasak, banklar avvalo birinchi novbatda kredit operatsiyalarini bajarish zaruriyati tufayli yuzaga kelganligini guvohi bo‘lamiz. Aksariyat mualliflarning qarashlariga ko‘ra, banklar tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda emas, balki keng ko‘lamdagi kredit operatsiyalarini amalga oshirish zaruriyati tufayli paydo bo‘lgan.
“Kredit” tushunchasi to‘g‘risida yana to‘xtaladigan bo‘lsak, kreditning ssuda kapitali harakatining shakli ekanligini ko‘rish mumkin. Ayrim hollarda kredit tushunchasiga “qarzga berilayotgan ssuda (tovar, pul ko‘rinishida) tijorat ishonchi” deya ta’rif berilishini guvohi bo‘lamiz.
Kreditga eng maqbul ta’rif bu – vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda kredit faoliyatining ob’ekti va sub’ektiga ta’rif berish orqali iqtisodiy faoliyat turiga kiruvchi va asosiy maqsadi daromad olishga hamda o‘z manfaatlariga erishishga yo‘naltirilgan faoliyatga kredit faoliyati sifatida ta’rif berilgan. Kredit faoliyati deganda kredit munosabatlari qatnashchilarining manfaatlarini ko‘zlab, ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan hamda bank xizmatlari va operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan faoliyatning yig‘indisini tushunishimiz mumkin.
Kredit faoliyati kredit resurslariga ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan qayta taqsimlashni amalga oshirish hamda kredit faoliyatining sub’ektlari uchun daromad olish imkonini beradi. Kredit faoliyati yaratuvchilik tabiatining mohiyati olinayotgan yoki berilayotgan resurslar orqali o‘z manfaatlariga erishishdan iborat. U iqtisodiy munosabatlarning ana shu jihatini etakchi o‘rinlardan biriga chiqaradi. Kredit faoliyatining qatnashchilari shu faoliyat natijasida bevosita yoki bilvosita daromad ko‘radilar.
Kredit faoliyati barcha manfaatdor taraflarga real foyda keltiradi. Qarz oluvchilar ma’lum bir muddatga o‘zlarining tijorat, ishlab chiqarish va boshqa shu kabi manfaatlariga etishish maqsadida yirik pul kapitalidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Kreditorlar esa foiz ko‘rinishida daromad oladilar. Bundan tashqari, kredit faoliyati ishlab chiqarishga investitsiyaning kirib kelishini rag‘batlantiradi, progressiv tarkibiy siljishlarga turtki bo‘ladi. Bugungi kunda kredit iqtisodiyotni makrodarajada tartibga solishning muhim vositalaridan biriga aylangan. U milliy valyuta va baholar barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabi birlamchi masalalarni hal etishda yordam beradi. SHunday qilib, kredit faoliyatini ikki sub’ekt - qarz oluvchi va qarz beruvchi (kreditor)larning bo‘lishini taqazo etadigan amaliyot deyish mumkin. 1
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun doimo qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar. Ana shunday pul mablag‘larining manbalari banklarning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Korxonalar mablag‘ etishmovchiligidan qiynalayotgan hollarda kredit resurslari bozoriga murojaat qilishga majbur bo‘ladilar.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kredit vositasida pullarni xo‘jalik aylanmasiga kiritish har qanday holatda mumkin. Naqd pulsiz o‘tkazmalar sharoitida Markaziy bank ham, tijorat banklari ham texnik jihatdan istalgan miqdordagi pulni muomalaga chiqarishi mumkin. Ammo tijorat banklarining naqd pulni muomalaga chiqarish imkoniyati cheklangan. CHunki muomaladagi naqd pul miqdori Markaziy bank balansining passividagi majburiyatlar summasidan oshmaydi va naqd pulni emissiya qilish vakolati faqat Markaziy bank zimmasidadir.

Yüklə 262,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin