Kirish Tijorat banklari foiz siyosati va uning tuzilishi Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi. Banklarning aktiv va passivlari bo’yicha foiz siyosatining


Rossiya banklari amaliyotida rublda berilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining tarkibiy qismi



Yüklə 262,5 Kb.
səhifə7/8
tarix16.05.2023
ölçüsü262,5 Kb.
#114070
1   2   3   4   5   6   7   8
Tijorat banklarining foiz siyosati va kredit uchun foiz turlari

Rossiya banklari amaliyotida rublda berilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining tarkibiy qismi
Ma’lumotlari asosida Rossiya banklari amaliyotida kredit foiz stavkasining asosiy qismini bankning moliyaviy resurslari bahosi tashkil etib, 2008 yilda 46 foizni tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin. Kredit bahosining qolgan 54 % qismini bankning maxsus zaxiralarga ajratmalar, kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq operatsion xarajatlari, to‘lanadigan soliqlar va tijorat bankining rejalashtirilgan foydasidan tashkil topgan.
Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish, kredit ta’minoti sifatini baholash, kreditning maqsadi va boshqa omillar tahlili natijasida kredit riski darajasi baholanadi. Foiz stavkalarini belgilash jarayonida muammolar paydo bo‘lsa, u holda har bir mijoz uchun alohida stavka belgilanishi xususida qaror qilinishi zarur.
Ayrim mamlakatlarning (Singapur, Malayziya) bank amaliyotida ba’zi toifadagi mijozlarga nisbatan past foiz stavkada kreditlar taqdim etiladi. Buning sababi, mijoz olgan kreditidan keladigan daromadidan tashqari boshqa operatsiyalarini bajarish orqali bankka ko‘proq foyda keltiradi. Natijada bank mijoziga kredit berishdan olinadigan daromad pasayishi kuzatiladi, lekin aslida bankning mijoz bilan bo‘ladigan boshqa munosabatlaridan oladigan daromadlari uning o‘rnini qoplaydi.
Jismoniy shaxslarni kreditlash va ularga taklif etilayotgan foiz stavkalarini o‘rganishda Rossiya tajribasiga murojaat qilishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. CHunki Rossiya tijorat banklari amaliyotida kredit xizmatlari qo‘shimcha to‘lovlarning joriy qilinishi mijozlarning kreditni qaytarish imkoniyatlarini pasaytirdi va natijada bank kreditlarining qaytmasligiga olib keldi.
SHu o‘rinda Rossiya bank amaliyotida mavjud ko‘rsatkichni keltirib o‘tamiz. Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari G.Melikyanning ta’kidlashicha, ayrim tijorat banklari kredit portfelida mavjud muammoli kreditlarning 30 foizi aynan bank kreditlari bo‘yicha bahoning noto‘g‘ri va yuqori shakllantirilganligi hisobiga yuzaga kelgan3.
Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida ham jismoniy shaxslarni kreditlashda berilgan kreditlarning ijobiy darajasi ta’minlanadi. Polsha 2000 yil va Ukraina bank amaliyotida 2006 yildan boshlab joriy qilindi. Xorijiy mamlakatlar bank amaliyotida mijozlarga juda past foizlarda, ba’zi hollarda foizsiz kreditlarni taqdim qilishni taklif qilib, ularni chalg‘itish orqali banklarga jalb qilinadi. Bank tijorat tashkiloti sifatida haq evaziga jalb qilingan resurslarni tekinga joylashtirishi mumkin emas. Demak, bank bunday kredit amaliyotlaridan boshqa usullar bilan daromad olishni rejalashtiradi, ya’ni kredit bo‘yicha shartnomadagi foiz to‘lovlaridan tashqari, yuqorida ta’kidlangan qo‘shimcha to‘lovlarni undirishga harakat qiladi. Kredit foiz stavkasining ijobiy darajasini ta’minlash bankning kreditlash bo‘yicha olishni rejalashtirgan daromadlari, ya’ni mijozning kredit bo‘yicha jami to‘lovlari yig‘indisini berilgan kredit summasiga nisbati sifatida aniqlash va uni mijozga taqdim etish orqali belgilanadi.
Rossiya bank amaliyotida qarz oluvchi mijozlarga foiz siyosatini aniq ifodalovchi kredit foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlash bo‘yicha majburiy tartib ishlab chiqilgan. Unga muvofiq tijorat banklari jismoniy shaxslarga beradigan kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarni ijobiy darajasini ta’minlashi va u to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qarzdorga taqdim etishi talab etiladi. Rossiya Markaziy bankining «Jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha samarali foiz stavkalarni ta’minlash tartibi to‘g‘risida» gi (29.12.2006 yilda qabul qilingan) tartibiga muvofiq, barcha tijorat banklari kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlagan holda, o‘z mijozlariga taqdim qila boshladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi va uning yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamda uning amaldagi ko‘rinishi ssuda foizi hisoblanadi. Bank foiz stavkasiga olimlar turlicha ta’riflar berganlar. Masalan I.O. Lavrushin bank foizini kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlardan biri bank bo‘lgan holda vujudga kelishini ta’kidlaydi. Ssuda foizi esa ssudan vaqtinchalik foydalanishga ssudalashtiriladigan o‘ziga xos narx hisoblanadi. SHunga o‘xshash ta’rifni yana bir olim Tavasiev berib u shunday deydi: "banklar uchun pullar o‘zida "oldi-sotdi" predmetini ifodalab o‘zining narxi bo‘lgan bank foiziga ega". Nazariy nuqtai nazardan uni to‘lash manbai bo‘lib kreditdan foydalanish natijasida olinadigan qarz oluvchi foydasining bir qismi hisoblanadi.
Bank foizining turli xil formalari mavjud bo‘lib ular: depozit foizi ko‘rinishida, ssuda foizi bo‘yicha, shu bilan birlikda banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya foizlari va boshqalar.
Bank foizi mazmunida shuni nazarda tutish kerakki, bank muassasalari o‘zining mablag‘larini emas, balki chetdan keladigan mablag‘larni ssudaga joylashtiradi. Bank faoliyatida bajarilmaydigan majburiyatlar riski, aktiv tomondan pul qo‘yuvchilarning ham passiv tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi riskini oshiradi.



Yüklə 262,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin