Kirish Tijorat banklari foiz siyosati va uning tuzilishi Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi. Banklarning aktiv va passivlari bo’yicha foiz siyosatining


Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi



Yüklə 262,5 Kb.
səhifə3/8
tarix16.05.2023
ölçüsü262,5 Kb.
#114070
1   2   3   4   5   6   7   8
Tijorat banklarining foiz siyosati va kredit uchun foiz turlari

Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi.
Bozor mexanizmi rivojlanish sharoitida g‘arb mamlakatlarining tajribasini hisobga olish muhimdir. G‘arbiy mamlakatlar bir vaqtning o‘zida bir qator foiz stavkalarini - fiksirlanagan va suzib yuruvchi foiz stavkalarini qo‘llashadi. Bu odatda bozor kon’yukturasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
G‘arb amaliyotidagi tijorat banklari aktiv va passivlarni foiz stavkalarini tezlik bilan tartibga solish va yangi darajasiga o‘tishdan kelib chiqib 4 ta katgoriyaga bo‘lishadi:

  1. Bozor sharoiti o‘zgargan sharoitda aktiv va passivlar bo‘yicha qo‘llaniladigan tezkor va to‘liq foiz stavkalarini ko‘rib chiqish, ya’ni ko‘rib chiqiladigan aktiv va passivlar;

  2. 3 oy mobaynida to‘liq tartibga solish;

  3. Stavkalar 3 oydan oshgan muddatda ko‘rib chiqiladigan aktiv va passivlar;

  4. To‘liq fiksirlangan foiz stavkali aktiv va passivlar.

Birinchi 2 guruh aktiv va passivlar foiz stavkaning o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lib ularning o‘zaro munosabati bank foiz riskini baholash shuningdek foiz marjasini o‘zgarishini prognozlash mumkin bo‘ladi. Birinchi 2 ta guruh (1 va 2) aktiv va passivlarning balanslashmaganlik holati g‘arbiy bank adabiyotlarida GEP nomini olgan. Agarfoiz stavkasiga ta’sirchan aktivlar unga mos passivlardan oshsa GEP ijobiy, kam bo‘lsa salbiy GEP bo‘lib hisoblanadi.
Foiz stavkalari o‘zgan vaqtda bank uchun ijobiy GEP ma’qul bo‘lib bunda aktiv va passiv operatsiyalar bo‘yicha stavkalar o‘rtasidagi uzilisho‘sadi, ya’ni bank foiz marjasi o‘sadi.Aksincha foizning bozor darajasi pasayganda,salbiy GEP ushlab turiladi va fiksirlangan foiz stavkali aktivlar foizlar bo‘yicha to‘lovlani tezkor ko‘rib chiqish bilan xarakterlanadigan passivlar hisobiga qo‘llab quvvatlanadi.
Foiz stavkasining makroiqtisodiy darajada harakat qilishdagi asosi bo‘lib bozor jarayonlarining rivojlanishi va kreditga to‘lov miqdorining erkin o‘zgarishi sharoitida xo‘jalikda o‘rtacha foyda normasi hisoblanadi. Foyda normasidan u yoki bu tomonga o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni umumiy va maxsus omillarga bo‘lamiz. Umumiy omillarga qarz mablag‘alariga talab va taklifning o‘zgarishi, Markaziy bank siyosati, pul qadrsizlanishi darajasi.
Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasini aniqlovchi xususiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • Ssuda hajmi va uni qaytarish muddati;

  • Ta’minot va uning xarakteri;

  • Ssuda kapitalining hajmi;

  • Qarz oluvchining kreditga layoqatligi va boshqalar.

Ssuda foizlaridan foydalanish mexanizmi bir tomondan foiz mohiyatini tovar ishlab chiqarish sifatida boshqa tomondan foiz siyosatini oshirish maqsadida aniqlaydi.
Banklarning foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini ta’minlash va uni optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Ssuda foizining differensiyasi aktiv operatsiyalar bo‘yicha qo‘yilmalar likvidligiga bog‘liq holda bo‘lishi lozim. Milliy iqtisodiyotda bank foizining rolini oshirish, uning bevosita ta’sir doirasini kengaytirish va iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirishga yordam beradi.
Depozitlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni to‘lash vaqti davri, to‘lash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank o‘rtasida kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari baxosiga, kredit riskning darajasiga qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomada aks ettiriladi. Kredit bo‘yicha foizlar muddati kelganda memorial order bilan rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha bo‘lgan depozit varag‘idan grafik bo‘yicha undirib olinadi. Bank foiz stavkasi - bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bogʻliq. Tijorat va davlat banklari Markaziy (milliy) bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan Bank foiz stavkasi s. miqdori foiz stavkalarning butun bir tizimini tashkil etadi. Davlat shu tizimga investitsiyalar darajasi va pul muomalasini tartibga soladigan yoʻnalishda taʼsir koʻrsatadi, yaʼni qulay iqtisodiy konʼyunkturani yaratadi. Bank foiz stavkasi s. qarzning kaysi tarzda va qanday berilishiga ham bogʻliq. Uzoq muddatli qarzning Bank foiz stavkasi s. past, qisqa muddatlisiniki yuqori boʻladi. Qarz yordam tarzida berilganda ham Bank foiz stavkasi s. imtiyozli boʻladi. Agar korxona va tashkilotlarni oʻz qoʻlidagi mablagʻni yaxshi ishlatishga undash zarur boʻlsa, Bank foiz stavkasi s. oshiriladi. Bank foiz stavkasi s.ning minimal va maksimal darajasi bor. Minimal darajadagi Bank foiz stavkasi s. bankning harajatlarini qoplab, zarar koʻrmasligini taʼminlashi kerak, maksimali esa bankka el qatori foyda koʻrishni taʼminlashi lozim. Bank omonat depozitlar uchun toʻlaydigan foiz stavkalari ssudadan foydalanganlik uchun belgilangan foiz stavkalaridan past boʻladi, bu esa banklarning foyda olib ishlashini taʼminlaydi. Tijorat banklari foiz stavkalaridan har doim iqtisodiyotni makro va mikro darajada tartibga solish uchun foydalaniladi. Agar iqtisodiyotni mikro darajada oʻrganadigan boʻlsak, tijorat banklari tomonidan foiz siyosatini qay darajada samarali ishlab chiqganligiga, yaʻni kredit va depozitlar boʻyicha oʻrnatilgan foiz stavkalariga bogʻliq boʻladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish yoʻlida moliyaviy xizmatlar bozorida tijorat banklari faol ishtirok etib kelmoqda. Ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga turli xildagi xizmatlar koʻrsatilmoqda. Umuman olganda, aholiga taklif etilayotgan va uning turli qatlamlari uchun qulay va manfaatli boʻlgan omonat turlarining soni oshib bormoqda. Yuridik shaxslarga, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga turli yoʻnalishlarda qisqa va uzoq muddatli kreditlar berilmoqda, banklarning lizing operatsiyalari hajmi ortib bormoqda. Maʻlumki, tijorat banklari depozitlari va kreditlari miqdorining oʻsishi tijorat banklari foiz siyosati bilan chambarchas bogʻliqdir. Bank tomonidan depozitlar boʻyicha oʻrnatiladigan foiz stavkalari, shuningdek, kreditlar boʻyicha undirish uchun belgilangan foiz stavkalari bankning depozit va kredit operatsiyalari hajmining oʻsishiga bevosita taʻsir koʻrsatadi.
Tijorat banklari baho siyosati bank xizmatlariga va mahsulotlariga baho o‘rnatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Baho siyosati nafaqat bank boshqaruvida asosiy komponent vazifasini bajaradi, balki bank daromadliligini boshqarishda iqtisodda ustuvor ham hisoblanadi. Tijorat banklarining baho siyosati asosiy yo‘nalishi bu banklarning foiz siyosatidan iborat bo‘ladi. CHunki, banklar aktiv va passivlar bo‘yicha foiz siyosatini amalga oshirish orqali baho belgilanadi.
Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar bo‘yicha foizlar uchraydi. Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka to‘lanadigan foizlar. Passiv operatsiyalar foizlar esa, bu mijozlarning depozit va jamg‘armalari bo‘yicha bank tomonidan to‘lanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar o‘rtasida moliyaviy vositachilar sifatida qatnashayotib, banklar birinchilardan olingan mablag‘larni ikkinchilarga vaqtinchalik foydalanishga beradilar. Bunda qarz beruvchilar depozitlar bo‘yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar ma’lum vaqtda mablag‘lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar bank manfaati esa marja ko‘rinishida ifodalanadi.
Bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi va uning yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamda uning amaldagi ko‘rinishi ssuda foizi hisoblanadi. Bank foiz stavkasiga olimlar turlicha ta’riflar berganlar. Masalan I.O. Lavrushin bank foizini kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlardan biri bank bo‘lgan holda vujudga kelishini ta’kidlaydi. Ssuda foizi esa ssudan vaqtinchalik foydalanishga ssudalashtiriladigan o‘ziga xos narx hisoblanadi. SHunga o‘xshash ta’rifni yana bir olim Tavasiev berib u shunday deydi: "banklar uchun pullar o‘zida "oldi-sotdi" predmetini ifodalab o‘zining narxi bo‘lgan bank foiziga ega". Nazariy nuqtai nazardan uni to‘lash manbai bo‘lib kreditdan foydalanish natijasida olinadigan qarz oluvchi foydasining bir qismi hisoblanadi.
Bank foizining turli xil formalari mavjud bo‘lib ular: depozit foizi ko‘rinishida, ssuda foizi bo‘yicha, shu bilan birlikda banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya foizlari va boshqalar.
Bank foizi mazmunida shuni nazarda tutish kerakki, bank muassasalari o‘zining mablag‘larini emas, balki chetdan keladigan mablag‘larni ssudaga joylashtiradi. Bank faoliyatida bajarilmaydigan majburiyatlar riski, aktiv tomondan pul qo‘yuvchilarning ham passiv tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi riskini oshiradi.
Bank foizi 2 xil ma’noda foydalaniladi:

  1. Bank jalb qilgan mablag‘lar (boshqa kredit tashkilotlaridan olingan banklararo kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning omonotlari va depozitlariga foiz, mijozlarning hisobvaraqlaridagi qoldiqlarga foiz) ga to‘laydigan qiymatni ifodalashda;

  2. Bank joylashtiradigan mablag‘larga olinadigan qiymatni ifodalash uchun . Boshqacha qilib aytganda bank foizi turli shakllarda :

Depozit foizi;
Ssudalar bo‘yicha foiz;
Banklararo kreditlar bo‘yicha foiz;
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar bo‘yicha foizlar.
Kredit summasiga muvofiq kelmagan foizning mutloq miqdori hech narsani anglatmaydi. SHu sababdan kredit kelishuvining samaradorligini oydinlashtirish kredit qiymatining u yoki bu ma’qul qiymatni aniqlash uchun nisbiy ko‘rsatkich - foiz normasi ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
Ssuda kapitali bozorining turli sektorlari xususiyatlaridan kelib chiqib bir turdagi foiz stavkalari (bank va nobank) ning bir necha guruhini ajratish mumkin:

  • Kredit muassasalari o‘rtasidagi qisqa muddatli kredit operatsiyalarida qo‘llaniladigan pul bozori stavkasi;

  • Qayta moliyalashtirish stavkasi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi (birlamchi va ikkilamchi bozor) stavkalar;

  • Bank va boshqa kredit muassasalarining nobank tashkilotlariga va jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari.

O‘z navbatida yuqoridagi guruhlarning har biri doirasida foiz stavkalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Bitim muddatlari bo‘yicha:  Qisqa muddatli;  Uzoq muddatli.

  • foiz stavkalarining tuzilishi bo‘yicha:  asosiy(bazaviy);

  • qo‘shimcha, ya’ni asosiy o‘zgarishi natijasida o‘zgaradigan foiz stavkalar.

SHakllanish xarakteri bo‘yicha- bozor va tartiblanadigan to‘g‘ri yoki egri (Markaziy bank va boshqa sub’ektlar stavkalari) stavklariga bo‘linadi. Tartiblanadigan stavkalarga qayta moliyalashtirish stavkasi va Markaziy bank shtraf stavkalari kiradi.
Foydalanish ko‘lamiga bo‘yicha- hududiy, milliy va halqaro kredit bozorlarida qo‘llaniladigan stavkalar.
Kreditdan foydalanish davrida o‘zgarish xarakteriga qarab -fiksirlangan (o‘zgarmas) va suzuvchi (o‘zgaruvchi) stavkalarga ajratiladi.
Ssuda foizini belgilar bo‘yicha quyidagicha turga ajratiladi:
Kredit shakllari bo‘yicha - tijorat foizi, bank foizi, iste’mol foizi, lizing bitimlari bo‘yicha foiz, davlat krediti bo‘yicha foiz.
Kredit muassasalari turi bo‘yicha-Markaziy bank hisob stavkasi, bank foizi, lombard foizi.
Investitsiya turi bo‘yicha-oborot mablag‘lariga kredit bo‘yicha foiz, asosiy fondlarga investitsiya bo‘yicha foiz, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya bo‘yicha foiz.
Kreditlash muddatlari bo‘yicha foiz.
Kredit muassasalarining operatsiya turlari bo‘yicha foiz.
Bank foizdan foydalanish mexanizmi o‘zida banklar amalga oshiradigan foiz stavkasi siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi. Mexanizmning alohida elementlari sifatida quyidagilar ajratildadi:
Foiz darajasini shakllantirish usullari;
Foiz stavkalarining differensiyalash mezonlari bo‘yicha;
Markaziy bank tomonidan foiz normasini tartiblash metodlari bo‘yicha;
Foizlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish va undirish tartibi bo‘yicha;
Foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi;
Kredit muassasalarinng daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o‘rni.
Bank foizidan foydalanishning zamonaviy mexanizmi quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari o‘rtasidagi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi. Shunday qilib, foiz stavkalari ko'pgina kreditlash yoki qarz olish operatsiyalariga qo'llaniladi. Jismoniy shaxslar uy sotib olish, loyihalarni moliyalashtirish, biznesni boshlash yoki moliyalashtirish yoki kollejda o'qish uchun to'lash uchun pul qarz oladi. Korxonalar kapital loyihalarni moliyalashtirish va er, binolar va mexanizmlar kabi asosiy va uzoq muddatli aktivlarni sotib olish orqali o'z faoliyatini kengaytirish uchun kredit oladi. Qarzga olingan pul oldindan belgilangan muddatda bir martalik yoki davriy bo'lib to'lanadi.
Kreditlar uchun foiz stavkasi kredit summasi bo'lgan asosiy qarzga qo'llaniladi. Foiz stavkasi - qarz oluvchi uchun qarzning narxi va qarz beruvchi uchun daromad darajasi. To'lanishi kerak bo'lgan pul, odatda, qarzga olingan summadan ko'proq bo'ladi, chunki qarz beruvchilar kredit davrida puldan foydalanishni yo'qotish uchun kompensatsiya talab qiladilar. Qarz beruvchi o'sha davrda kredit berish o'rniga mablag'ni investitsiyalashi mumkin edi, bu esa aktivdan daromad keltiradi. To'lovning umumiy summasi va dastlabki kredit o'rtasidagi farq undirilgan foizlardir.
Qarz oluvchi kreditor tomonidan past riskli deb hisoblanganda, qarz oluvchidan odatda past foiz stavkasi olinadi. Agar qarz oluvchi yuqori xavf deb hisoblansa, undan olinadigan foiz stavkasi yuqori bo'ladi, bu esa kreditning yuqori narxiga olib keladi. Tijorat banklaridagi omonatlar foizlar bilan mukofotlanadi. Jamg'arma hisobvaraqlari katta foiz stavkalarini olishi mumkin, joriy hisobvaraqlar esa uning ozgina qismini oladi. Depozitlar bo'yicha olingan foizlar inflyatsiya davrida pulingizning haqiqiy qiymatini saqlab qolish uchun muhimdir. Biroq, bu butunlay sizning jamg'arma depozitlaringiz bo'yicha oladigan foiz stavkasi va inflyatsiya darajasiga bog'liq. Kreditlar tijorat banklarining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Ular boshqa shaxslar tomonidan qo'yilgan omonatlarning bir qismidan boshqa mijozlar va korxonalarga kredit taklif qilish uchun foydalanadilar. Biroq, ular o'zlarining daromadlarini maksimal darajada oshirishlari uchun ular omonatlarga to'laydigan foizlardan ko'ra kreditlar bo'yicha yuqori foizlarni olishlari kerak.
Tijorat banklari biznes va jismoniy shaxslarga banklar qarz berganda va kreditlar va depozitlar bo'yicha foizlar o'rtasida katta farq mavjud bo'lganda foydaliroq bo'ladi. Bank tashvishlanishi kerak bo'lgan asosiy narsa - mijozning pul yechib olish bo'yicha so'rovlarini qondirish uchun qo'lida etarli naqd pul mavjudligiga ishonch hosil qilish.
Tijorat banki taklif qiladigan boshqa moliyaviy xizmatlar ham bor, masalan, mijozlarga bankomatga borish orqali bir necha soniya ichida naqd pul olish imkoniyatini beradi. Ular, shuningdek, siz boshqa mamlakatlardan olishni xohlashingiz mumkin bo'lgan tovarlar va xizmatlar uchun to'lash uchun xalqaro to'lovlarni amalga oshirishga ruxsat beradi va osonlashtiradi. Shuningdek, ular sizning pensiya jamg'armangiz yoki sizga maslahat kerak bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa moliyaviy masalalar uchun moliyaviy maslahat berishlari mumkin. Tijorat banki daromad keltiradi vafoydauning aktivlari orqali. Tijorat banki balansida birinchi bo‘lib likvid ko‘rinishdagi naqd pullar topiladi. Ushbu naqd pul, agar mijoz o'z mablag'larini bankdan olib qo'ymoqchi bo'lsa, banklar saqlashi kerak bo'lgan omonatlarning bir qismidir. Ular bankka foyda keltirmaydi.
Tijorat banki balansining aktivida bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa moddalarga debitorlik qarzlari kiradi, ya'ni tijorat banki markaziy bankda o'zi ishlab chiqaradigan depozitlardir.foyda.
Tijorat banklarining balansida boshqa mijozlarga berilgan kreditlar, shuningdek, bankka tegishli bo'lgan inventar, yer va bino mavjud. Bular tijorat banki balansining aktiv qismida joylashgan asosiy moddalardir.
Biroq, tijorat bankining balansida ko'plab boshqa aktiv turlari mavjud, jumladan, davlat qimmatli qog'ozlariga, kompaniya aktsiyalariga yoki korporativ obligatsiyalarga kiritilgan investitsiyalar.
Majburiyatlar - bu bankning boshqa tomonlarga qarzi.
Boshqa muassasalardan olingan depozitlar va qarzlar bankning majburiyatlariga misol bo'la oladi. Tijorat bankining majburiyatlarini bankni moliyalashtirishni ta'minlaydigan narsalar deb hisoblashingiz mumkin.
Majburiyatlar tomonida ko'rish mumkin bo'lgan asosiy va birinchi moddalardan biri bu bankning ustav kapitalidir. Bu bank aktsiyadorlariga qarzdor bo'lgan puldir. Siz har doim bank balansida topadigan yana bir muhim element bu tekshiriladigan depozitlardir. Bularga bank mijozlarining omonatlari kiradi. Tekshiriladigan depozitlar bankka javobgarlikni ta'minlaydi, chunki bank ushbu depozitlar bo'yicha foizlarni to'lashi kerak.
Bank majburiyatlari tarkibiga boshqa banklardan olingan qarzlar, xodimlarga to'lanadigan ish haqi, ijara to'lovlari va boshqalar kiradi. Asosan, siz majburiyatlarni bankning kimgadir qarzi deb o'ylashingiz mumkin.

Yüklə 262,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin