Rahbarlik uslubga qarab rahbarlarning turlarga bo‘linishi Avtokratik
rahbarlar
*Bunday turdagi rahbar:
buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki
rag‘batlantirishda jamoa fikirini hisobga olmaydi;
o‘zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqatda
bo‘lishini chegaralab qo‘yadi;
o‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
o‘ziga bo‘ysinuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni
yaxshi ko‘radi;
muttasil buyruq berishga, hammani o‘z istaklariga so‘zsiz bo‘isindirishga
intiladi;
ko‘p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo‘isinuvchilari bilan muomilada
bo‘lganda uning rahbarlik g‘ururi balandligi, uzini katta tutish sezilib
turadi;
o‘ziga bo‘isynuvchilari oldida qovog‘i solingan kayfiyatda bo‘ladi.
Xullas, avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘igan, dimog‘dor, o‘z
qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukimini o‘tkazishga
intiladigan kishilardan etishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o‘sha erda dag‘allik, takabburlik,
tazyiq o‘tkazish, majbur qilish kabi o‘ta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb bo‘lmaydi.
Ba’zi bir hollarda bo‘ysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi
sababli avtokratik uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin.
Liberal rahbar
*Bunday turdagi rahbar:
idorasiz, tashabbussiz bo‘ladi;
o‘z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;
ishni o‘z holiga tashlab ko‘yadi;
idoraga nisbatan qat’iy bo‘lishdan hayiqadi;
o‘zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
talabchan emas, sust nazorat qiladi;
suiste’mollarga bevosita yo‘l qo‘imasa ham o‘zini bilmaslikka soladi;
Bunday rahbar tashqaridan ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga
tashlanib turadi.
Demokratik
rahbar
*Bunday turdagi rahbar:
boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi; ularning bildirgan
fikriga quloq soladi; ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga
oladi;
barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo‘ladi, ustunligini
bildirmaydi;
buyruq berish yo‘li yuilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
buyruq rahbarlik uslubi bo‘isinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy
faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.