«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
8.3.Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish 
 
Bashorat ijtimoiy ko’ra bilish shakli sifatida u yoki bu maqsadlarga 
erishishning imkon darajasini ifodalaydi. Bunda bashorat ham boshqariluvchi, ham 
boshqarilmaydigan jarayonlarni qamrab olishi mumkin va shart.
Boshqaruv jarayonida bashoratlar qator funktsiyalarni bajaradi: mo’ljallash, 
me’yoriy, ogohlantiruvchi va boshqalar. Ular boshqaruv organlarini istiqbolli 
muammolarini echishga yo’naltiradi, bashorat modelini amalga oshirish mumkin 
bo’lgan sharoitlarni aniqlaydi, ulardan mumkin bo’lgan chetlashtirishlar xaqida 


81 
ogohlantiradi. Shunday qilib, bashoratlar butun boshqaruv jarayonining zarur 
elementi sifatida namoyon bo’ladi, uning maqbullashishiga ko’maklashadi. 
Ijtimoiy organizmdagi aloqalarni qiyinlashtiruvchi va jamiyat dinamikasini 
oshiruvchi ilmiy-texniuninnqilobi sharoilarida bashorat qilishning roli va 
ahamiyati ortadi. Ilmiy-texnika inqilobi boshqaruv sub’ekti faoliyat natija-larini 
mumkin bo’lgan rivojlanishini aniq oldindan ko’ra bilishni talab qiladi. 
«Bashorat qilish, modellashtirish sifatida ham bu murakkab ilmiy-tadqiqot va 
mantiqiy-konstruktiv faoliyatdir. U shunday tashkil etilishi kerakki, boshqaruv 
qarorlarini tayyorlashda zarur axborot berishi kerak. Ijtimoiy jarayonlarni boshqa-
rishda bashoratlarning ahamiyati shundan iboratki, ular rejadan oldingi xujjatlar 
sifatida namoyon bo’ladi. Shubhasiz, bashorat qilish va modellashtirish uslublari 
XXI asrda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lum o’rin egallaydi»
1

Ijtimoiy tizimlarni modellashtirish va bashorat qilish-o’zaro uzviy bog’lik 
faoliyat turlari: ma’lum ma’noda bashoratni kelajak modeli sifatida qarash 
mumkin. Modellashtirish uslubi bashorat qilish faoliyatida keng qo’llaniladi. 
Nazariya va amaliyotda turli ekspert baholash uslublari ham ma’lum. Ular
bashorat qilish va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. 
Zamonaviy sharoitlarda boshqaruv jarayoni qiyinchilik-larining o’sishida 
boshqaruvga xizmat qiluvchi mahsus mehnat turi - konsultativ mehnat 
shakllanmoqda. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ekspert baholarini ishlab 
chiquvchi va rahbarlarga maslahatlar beruvchi ko’pgina jamiyatlar idoralar, 
tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ko’pchilik olimlar boshqaruv bo’yicha mutahassislar 
va tashkilot rahbariyati o’rtasida kommunikatsiyalar tizimini yaratish kerak degan 
fikrda. 
Kompaniyalarni boshqarish tuzilmasiga tez-tez biror-batlar orqalariga mas’ul
 
bo’lmagan va hokimiyat tomonidan berilmagan figura (informal man)
kiritilmoqda. U prezident yoki bosh
boshqaruvchining 
maslahatchisi, 
mustaqil 
ekspert 
bo’ladi. 

kompaniyalardagi narsalar holatini biror-bir bo’linma yoki xizmat pozitsiyasidan 
emas, balki, keng strategik masshtabda baholaydi. Shartnoma asosida boshqaruv
bo’yicha konsultativ firmalardan jalb qilinadigan mutahassislardan farqli ravishda 
bu ekspert bosh rahbariyatning ishongan odami hisoblanadi. Undan ish holatiga
sezilarli ta’sir qiluvchi keng masshtabli jasur maslaxatlar, obyektiv baholar talab 
qilinadi. 
Mustaqil ekspertizaning xilma-hilligi sifatida kompaniya direktorlar 
kengashiga iqtisodiyot, bozor munosabatlari, moliya, kapital, ijtimoiy boshqaruv 
masalalari bo’yicha ihtisoslashgan olimlar kiritiladi. Institut yoki ilmiy tadqiqot 
markazida doim ishlovchi olim bir vaqtning o’zida kompaniya direktor-laridan biri 
hisoblanadi. Ma’lum ish qismiga javob bermay va kelajakda biror-bir alohida 


82 
ishlab chiqarish funktsiyasi bilan bog’liq bo’lmay, u oliy rahbariyat qarorlari 
xarakteriga ta’sir qilishi mumkin. 
Rahbarlik qarorlarini tayyorlash bo’yicha ishlarni muvo-fiqlashtirish yo’llari
va vositalari ko’rib chiqilayotganda aniq ijtimoiy va sotsiologik tadqiqotlar rolini 
ham ko’zda tutish kerak. Ular orqali rahbarga uning faoliyatida yordam beruvchi 
o’rganilayotgan obyekt to’g’risida axborot yig’ish ta’minlanadi, uning xarakterli 
jihatlari va rivojlanish tendentsiyalari ochiladi, xulosa va takliflar shakllanadi. 
Sotsiologik tadqiqotlar nafaqat u yoki bu boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish 
va qabul qilishga yordam beradi, balki ularni insonlarga ta’sir qilish mexanizmini 
o’rganishga, bu qarorlarni turli ijtimoiy kategoriyalar qabul qilinish xarakteriga, 
boshqaruv qarorlari odamlar fikrlarida qanday joylashishini, ularni xulq-atvorida 
qanday aks etishini, ijtimoiy hodisalar rivojida, ijtimoiy guruhlar va jamoa-lardagi 
munosabatlarda, shahslararo munosabatlarda qanday aks etishini kuzatishga ham 
yordam beradi. 
Aniq ijtimoiy tadqiqotlarda anketalash uslubi tez-tez qo’llaniladi. Bu uslub 
o’rganilayotgan jarayonlar va xodisalarning ijtimoiy-psixologik jihatlari to’g’risida 
axborot beradi. Bunday axborot juda zarur, lekin jarayon va xodisalarning chuqur 
mohiyatini ochish uchun etarli emas. Zamonaviy bosqichda xaqiqatni aniq 
o’rganishning barcha uslublari va vositalaridan foydalanishga intilish juda muhim. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin