80
maqsadida ularni soddalashtirish va shu asosida
ularning chuqur mohiyatini ochish
hisoblanadi.
Modellarni mukammallashtirish jarayonini ularni mun-tazam to’ldirish yoki
ishlab chiqilishi jarayoni sifatida ko’rib chiqish foydali.
Odatda eng oddiy
modellardan boshlashadi.
Hozirgi vaqtda fan va amaliyot xarakteri va mo’ljallanishi bo’yicha turli
modellashtirish uslublari va shakllariga ega. Bu
holda bizni faqat bevosita
boshqaruvga xizmat qiluvchi modellar qiziqtiradi. Murakkab tizimlarni boshqarish
uchun yangi modellarni ishlab chiqish zarur.
Bu sohaga matematikani kiritish katta ahamiyatga egaligiga hech shubha
yo’q. Matematik modellashtirish modellar aniqligini oshirishda texnik vositalar va
zamonaviy uslublardan foydalanishga imkon beradi. Bu bilan bir qatorda, ijtimoiy
hodisalarning sifat tomonlarini ham modellashtirish kerak. Ularning xususiyatlarini
falsafa, sotsiologiya va umumiy fanlar majmuasi ochib beradi.
Modellashtirish uslubi an’anaviy uslublar va vositalar bilan o’rganish
mumkin bo’lmagan murakkab obyektlarda qo’llaniladi.
Model faqatgina yangi
bilim manbai sifatida o’zining yaratilishini oqlaydi.
Istiqbolli model bir martalik emas, ko’p martalik xarakatga ega bo’ladi. Har
qanday holatda boshqaruv sub’ekti istiqbolli model chegaralarida harakat qilishi
mumkin. Bu unga istalgan natijalarni ta’minlaydi. Masalan,
iqtisodiy va ijtimoiy
mexanizm bo’yicha me’yoriy xujjatlar bunday istiqbolli model sifatida xizmat
qilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy tizimlarni boshqarishda bashorat qilish muhim o’rin
egallaydi.
Har qanday, xattoki eng elementar qaror ham ma’lum bir oldindan
ko’rishni nazarda tutadi. Chunki bu qarorda kelajakdagi harakat loyihalashtiriladi.
Global va strategik xarakterdagi qarorlarni tanlash
jamiyatning mazkur sohadagi
asosiy rivojlanish yo’nalishlarini to’g’ri ko’ra bilish va ularning qonuniyatlariga
mos harakat qilishini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: