«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

9.2. Boshqaruv funktsiyalari 
 
Boshqaruv funktsiyalari - faoliyatining alohida turlari bo’lib, jamiyatni 
boshqarish jarayonida odamlar munosabati va aloqalarini maqsadga muvofiq 
ta’sirini amalga oshirish bosqichlari va yo’nalishlarini ko’rsatadi. Boshqaruv 
funktsiyalari tarkibi boshqaruv tizimining uning holatidagi har qanday o’zgarishga 
samarali munosabatini ta’minlash zarur. Boshqaruv funktsiyalarini quyidagi 
belgilarni hisobga olgan xolda ko’rib chiqish zarur:
 
1) boshqaruv jarayonining xususiyatlari, ya’ni menejmentga tegishli 
belgilarning ajralishi; 
2) ijtimoiy rivojlanish jarayoni. Boshqaruvning bu jarayoni aniq 
elementlarga, ya’ni jamiyatning hayot faoliyatiga yo’naltirilgan. 
Boshqaruvning asosiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
5
rejalashtirish; 
6
tashkil etish; 
7
tartibga solish; 
4)
rag’batlantirish; 
Barcha sanab o’tilgan asosiy funktsiyalar birgalikda amal qiladi va o’zaro bir-
biriga bog’liq. Lekin ijtimoiy boshqa-ruvning bir pog’onasidan boshqasiga 
o’tishda ularning roli va munosabatlari o’zgaradi. 
Boshqaruv tizimini mukammallashtirishning zarur sharti bo’lib uning 
funktsiyalari tahlili hisoblanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi: 

ishlab chiqilgan mezonlar asosida boshqaruv obyektlari tuzilmasini 
aniqlash; 

ish va operatsiyalar turlari, boshqaruv funktsiyalarining ajralishi; 

boshqaruv tizimining funktsional va chiziqli bo’g’inlari o’rtasida aniq 
mehnat taqsimoti; 

lavozim instruktsiyalari va tuzilma bo’g’inlari haqida holatlarning 
mavjudligi; 

menejmentning barcha asosiy funktsiyalari asosida boshqaruv faoliyati 
bilan solishtirish yo’llarining asoslanishi. 


91 
Tuzilma kategoriyasi qurish va tizimning ichki shaklini aks ettiradi. 
Elementlari hamkorligini ta’minlovchi o’zaro aloqalar o’rnatilgan, ma’lum 
maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan tizim tashkiliy hisoblanadi. Ma’lum 
maqsadga erishish uchun amal qiluvchi turli elementlar, bo’g’inlar va boshqaruv
pog’onalari tarkibini aks ettiruvchi tuzilma tashkiliy deyiladi. 
Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi - boshqaruv tizimini tashkil etishning 
ikki o’zaro bog’liq tomonlaridir. Ular boshqaruv jarayoni mazmuni va shakli 
sifatida namoyon bo’ladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uning rivojlanishi 
mavjudligi butun tashkil etishning asosi hisoblanadi. Tashkiliy tuzilmaning 
shakllanish jarayoni birinchi navbatda boshqaruv apparatining u yoki bu 
bo’linmalari tashkiliy mustahkamligini nazarda tutadi. Bunda boshqaruv 
funktsiyalari boshqaruv organlari vazifalarini aniqlaydi. 
Boshqaruv bo’g’ini qat’iy boshqaruv funktsiyalari bo’lgan alohidalashgan 
yacheykadan iborat. Boshqaruv pog’onasi - boshqa-ruvning ma’lum ierarxik 
darajasidagi 
boshqaruv 
bo’g’inlari yig’indisidir. Boshqaruv tuzilmasida 
boshqaruvchi tizim oydinlashadi, har bir bo’g’in, har bir pog’ona roli aniqlanadi, 
boshqaruv jarayonidagi aloqalar ochiladi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin