86
Nazorat qilishning ikkinchi muhim sababi hodim huquq va imkoniyatlarini
kengaytirish masalasidadir. Aksariyat menejerlar hodimlarining imkoniyatlarini
yuqorilashga xohish bildiravermaydilar chunki ular
belgilangan masuliyatni
amalga oshira olmasligidan qo'rqishadi. Lekin samarali nazorat qilish tizimi
hodimlar samaradorligiga fikr va mulkohazalarni berib boradi va potensial
muammolar ehtimolini kamaytirib boradi.
Menejerlarning nazoratni saqlab turishlarining so'nggi
sababi tashkilot va
uning mol mulkini himoya qilishdadir. Bugungi kunning tabiati o'zi bilan tabiiy
falokatlardan tahdid, molayaviy nizolar, ish joyidagi zo'ravonliklar, taklif zanjirida
buzilishlar, havfsizlik buzilishi va hattoki terroristik hujumlarni o'zi bilan olib
keladi. Rahbarlar ushbu bo'lishi mumkin bo'lgan tahdidlar sharotida tashkilot mol
mulkini himoya qilmoqliklari shart. Mufassal o'ylangan
nazorat tizimi va zahira
rejalari minimal ish faoliyatidagi buzilishlarga yorddam berishni kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: