«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
Nazorat savollar:
Nima uchun ijtimoiy menejer o’z-o’zini obyektiv baholash kerak? 

Nima uchun o’z-o’zini boshqarish zamonaviy boshqarish sharoitda muhim 
ahamiyatga ega? 
Ijtimoiy menejer o’z ustida ishlashi uchun qanday sharoitlar mavjud? 
Ijtimoiy menejerga xozirgi davrda qanday xususiyatlar zarur? 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Qatiylik. Ijtimoiy ong. Temperament. Rahbar turlari. 


120 
14-MAVZU. MUNITSIPAL MENEJMENTNING KRIZISGA QARSHI
STRATEGIYASI 
 
REJA: 
 
14.1.Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv 
14.2.Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish 
14.3.Mahalliy boshqarishning korporativ modeli 
14.4.Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining kontseptsiyasi 
 
14.1.Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv 
 
Mahalliy boshqaruv organlariga xaqiqatdan ham byurok-ratik hokimiyat 
izdoshlari rahbarlari sifatida qaraladi. Ammo o’z-o’zini boshqarish organlarini 
tashkil qilish juda qiyin. Shunga qaramasdan, mahalliy hokimiyat organlarini 
tashkil qilish uchun juda katta ishlar qilindi. Munitsipal ta’lim ma’muriyatining 
boshliqlari saylandi, deputatlar kengashi, munitsipal hokimiyat tariqasida 
boshqaruv apparati shakl-lanmoqda.
Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini rivojlanti-rishning oddiy bo’lgan 
faqat tepadan qarash usuli, o’zini oqlamadi. Shu narsa ma’lum bo’ldiki, mahalliy 
xalq o’z muam-molarini echishga jalb qilinishi kerak, buning uchun, ularga 
hokimiyat vakolatlarini moddiy va moliyaviy resurslarni berish zarur. Bu holat 
ularda mahalliy xo’jalikni rivojlantirishda boshqa bir printsipial motivatsiyani 
uyg’otadi, mavjud tabiiy va intellektual resurslardan foydalanishda ratsional 
yo’llarni topish mahalliy yashovchilarni oxir oqibat o’zlarini ijtimoiy extiyojlari 
uchun aktiv pul ishlab topish yo’liga o’tishga undaydi. Bozor iqtisodiyotni 
rivojlantirish orqali zamonaviy ijtimoiy infrastrukturani tashkil qilish kerak.
Hozirda mavjud mahalliy boshqaruv organlarning mahalliy hayot 
muammolari bilan bog’liqligi juda yomon. Ular munitsipal mulkni boshqarish, 
mahalliy sanoat rivojlantirish bilan bandlar va shuning uchun, mahalliy 
yashovchilar shahar, rayon ma’muriyati oldida tilamchi, da’vochi sifatida 
namoyon bo’lmoqda.
Bunday vaziyat yana mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlari davlat 
boshqaruv vertikalining davomiga aylanmoqda, o’zining tub mohiyatini 
yo’qotmoqda. Natijada eskirgan mahalliy boshqaruv kontseptsiyasi yuzaga 
chiqmoqda, bu esa, o’zining oqlanmaganligi sir emas. 
Bunday «yuqori» dan rivojlanish kontseptsiyasi jamiyatdagi krizisni 
chuqurlashuvi sababchilaridan biridir, ayniqsa, davlat boshqaruvida. 
Vaziyat davlat tomonidan puxta o’ylanmagan ijtimoiy siyosat va uni amalga 
oshirish uchun mablag’lar etishmasligi natijasida jamiyatda ijtimoiy norozilikning 
kuchayishi shaxarlarning ijtimoiy infrastrukturasini yo’q kiladi. Muammo nafaqat 


121 
resurslarning yo’qligida balki undan samarali foydalana olmaslikda, rivojlanish 
mablag’lari va boshqaruvchilarning yo’qligidadir. 
Bir so’z bilan aytganda, munitsipal menejment sohasidagi professionallikning 
pastligi zamonaviy boshqaruvda salbiy oqibatlarga - mas’uliyatsizlikni keltirib 
chiqishi mumkin. Shuning uchun, mahalliy boyliklardan qoniqarli darajada 
foydalanilmaydi. Boshqa bir rivojlanish strategiyasi kerak, ayniqsa jamiyatni 
krizisdan olib chiqadigan strategiya kerak. 
Strategiya - krizisga qarshi boshqaruvning zamonaviy resursi. Strategiya 
(grekcha strategia. strotos voysko + ago- olib boraman) - umuman urush va 
kompaniyalarda olib boriladigan juda katta operatsiyalar san’atidir. Hozirgi vaqtda 
«strategiya» so’zi tagida boshqaruv hamda jamiyat muammolarini echish bilan 
bog’liq boshqaruv san’ati tushuniladi. Rivojlanish strategiyasi jamiyat doktrinasi 
va davlat siyosati bilan juda bog’liqdir. Siyosiy maqsadlarda strategiya ularning 
bajarilishini, jamiyat hayotining turli sohalarida optimal natijalarga erishish 
texnologiyasi ishlab chiqishni ta’minlab beradi. Shuning uchun jamiyat taraqqiy 
etishi bilan shaxsiy strategiyalar vujudga keladi. Bular: iqtisodiy, ijtimoiy 
moliyaviy, pul-kredit, huquqiy, ma’naviy.
Bunday holatning o’zi tashkilotni strategik maqsadlarini aniqlaydi va bu 
faoliyatning alohida elementlarini, funk-tsiyalarini qamrab oladi. 
Strategik rejalashtirishning keyingi bosqichi bo’lib maq-sadlarga erishish 
uslublarini aniqlash, resurslarni topish hisoblanadi, ya’ni tashkilotni rivojlantirish 
kontseptsiyasi tuziladi. Bu kontseptsiya esa rahbariyat uchun strategiya bo’lib 
xizmat qiladi. 
Bunday muhitni tahlil qilishda turli hil usullar ishlatiladi hamda tashkilotning 
ichki holati ham tahlil qilinadi Shu vaziyatdan kelib chiqib, tashkilotning kuchli 
tomonlarini, imkoniyatlarini hisobga olib strategiyalar ishlab chiqiladi. Shundan 
so’ng, tashkilotchilik qobiliyatlari ishlab chiqiladi: innovatsiyaga qodirligi, 
malakaviy potentsial. 
Bizning boshqaruvdagi kamchiligimiz (mahalliy regionlar) bo’lib biri, kichik 
dasturlar doirasida ishlashimiz va doimiy muammolarimizni bosqichma-bosqich 
hal etish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda bizning hamma kamchiligimiz 
to’liq ishlab chiqilgan, zamonaviy strategik fikrlardan holi bo’lgan boshqaruv 
krizis natijasidir. 
Bu doiradagi boshqaruvimiz ilmiy-texnikaviy muhitda nisbatan juda uzoq 
vaqt qolib ketgan. Shunga qaramasdan ko’pgina professional boshqaruvchi - 
menejerlar paydo bulishdi, o’zlarini amaliyotlarida ular strategik rejalashtirish va 
kontseptual usulini keng qo’lladilar. Buning asosida innova-tsiyalashgan ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy texnologiyalarni yaratish va qo’llash vazifasi turibdi. 
Mahalliy yashovchilarni yuqori hokimiyatdan mahalliy darajaga olib tushish, 


122 
o’zlarining muammolarni hal qilish uchun o’zlarini jalb qilish hamda mahalliy 
hokimiyatni mustahkamlash - antikrizis rivojlanishining asosiy strategiyasidir. 
Asosiy g’oya - mahalliy hokimiyatni kuchaytirish: mahalliy nizomlarni qabul qila 
olish, moddiy texnika bazasini yaratish, mahalliy byudjetni, soliq tushumlarini va 
boshqalarni mustahkamlash hisoblanadi.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin