Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta’siri reja


Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari



Yüklə 32,42 Kb.
səhifə2/6
tarix29.09.2022
ölçüsü32,42 Kb.
#64325
1   2   3   4   5   6
1543906630 73079

Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari
Hurriyat - boy ma’naviyat va ruhiyat ilmidan oqilona, odilona va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilishi lozim bo‘ladi.
Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Yoshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarnni, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi.
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo‘yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuv mazkur muammoning mohiyatini turlicha yoritadi
Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lib o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy jadvallar ham taklif etilgan, Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o‘zining “davrlarini” taklif etavergan. Zero insonning hayotiy yo‘li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o‘zgaradi. Bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o‘tishning o‘zi ham qator o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo‘lishga qaratilgan tasniflarning o‘zi ham ikki turli bo‘ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo‘shimcha davrlarga bo‘lish – “davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy ( inson umrining barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan). Masalan, juz’iy tasnifga J.Piajening intellekt rivojlanishidagi bosqichlarga bo‘lishni kiritish mumkin.

Yüklə 32,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin