Siyosiy normalar - jamiyatni boshqarish jarayonida siyosiy hokimiyat subyektlarining o‘zaro va shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalar. Ayni paytda jamiyatda yuz beradigan siyosiy tortishuvlarni hal etishda siyosiy normalar bilan birga huquq normalarining ham o‘rni va roli muhimdir. Shu bilan birga, bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari ta’siri ostida insonlarning fikrlari, qarashlari ozgarib bormoqda. Huquq ham siyosiy mazmun kasb etib qolmoqda. Biroq siyosiy va huquqiy normalar o'rtasida muvozanat bo‘lishi zarur».
Diniy normalar- shaxslarning ibodatga, muayyan din hukmron mafkura bo'lgan mamlakatlarda esa o‘zaro muomalasiga oid munosabatlarni ham tartibga solishga qaratilgan qoidalar.
Korporativ normalar - shaxslarning muayyan uyushmalari, guruhlari doirasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan xulq-atvor qoidalari. Xususan, jamoat tashkilotlari ichki vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish va o‘z faoliyatlarini samarali tashkil etish. maqsadida korporativ normalarni ishlab chiqadi. Korporativ normalar muayyan bir jamoat tashkilotining rahbar organlarini shakllantirish va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi, vakolatlari, tashkilot a’zolarining huquqlari, majburiyatlari va boshqalar to‘g‘risidagi normalar bo'lib, ular faqat o‘sha tashkilot a’zolariga nisbatan joriy etiladi va faqat ular uchun majburiy ahamiyat kasb etadi.
Urf-odat normalari - kishilar o‘rtasida ko‘p marta takrorlanganligi sababli odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xulq-atvor qoidalari. Urf-odatlar muayyan ijtimoiy muhitda tarkib topib, avloddan-avlodga o‘tib yuradigan xulq-atvor qoidalari sifatida kishilarning tabiiyhayotiy ehtiyoji ko‘rinishida maydonga chiqadi va qayta-qayta takrorlanish natijasida ular uchun odatiy hoi bo‘lib qoladi. An’anaviy normalar - jamiyatda qaror topgan ilg'or, ijobiy an’analarni asrash munosabati bilan yuzaga keladigan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari. An’analar kishilar avlodlari o‘rtasidagi vorisiylikning xilma-xil bog‘lanish yo'nalishlari sifatida, kattalar tajribasi yoshlar tomonidan o‘zlashtiriladigan uzatish mexanizmi sifatida maydonga chiqadi.