Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə30/31
tarix17.05.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#58300
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
fayl 379 20210421

Nazorat savollari:

  1. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifalari?

  2. Ijtimoiy pedagog faoliyatining o‘ziga xosligi nimada?

3) Ijtimoiy pedagog ijtimoiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qaysilar?

4) Ijtimoiy pedagog faoliyatida foydalanadigan qanday metodlarni bilasiz?


Mavzu: Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi.

Reja:

  1. Ijtimoiy pedagog faoliyatida oila muxitini o‘rganish zaruriyati.

  2. Ijtimoiy pedagogning oilaga yordami..

  3. Oilada nogiron bola va ijtimoiy pedagogning ular bilan ishlashi.


Tayanch tushunchalar: Notinch oila, oilaviy inqiroz, oligofrenopedagogika, reabilitatsiya.

Oilada tarbiya an’analari asrlar davomida shakillangan .


Aflotun yashagan davrdan hozirgi kunimizgacha olimlar va pedagoglar insonnig rivojlanishi va shakillanishi uning aqliy, jismoniy ma’naviy qobilyatlari, uning sog‘ligi va salomotligi. va uning axloqiy sifatlariga faqat ota - onalari ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Agar ota - onalar o‘z farzandlari salomatliklari haqida g‘amxo‘rlik qilsalar, ularning mexir va qalb qo‘ri bilan tarbiya qilsalar unda u farzandlar har xil zararli illatlardan xoli bo‘ladi.
Ota - ona tarbiyasining natijasi, ularni qattiq qo‘lligi va yumshoqligiga bog‘lik, emas, balki bolaga bo‘lgan xis tuyg‘ulariga bog‘liq.
Ota - onalar bilan bo‘ladigan suxbatlarda ijtimoiy pedagog birinchi navbatda oilada bola tarbiyasi masalasiga jiddiy e’tibor beradi.
Oilada bolani intizomga o‘rgatish kerak. Binobarin u bolaning aqliy qobilyatini to‘g‘ri rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi .
Tartib - intizomga bolalikdan o‘rgangan kishi butun umr shunga rioya qiladi. Bunda kun tartibiga va uydagi bolaning vazifalari va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada ijtimoiy pedagog o‘z ishini bolani o‘rganishdan boshlaydi.

42


Quyida turli xildagi oilalar bilan ish olib boruvchi ijtimoiy pedagog faoliyati bilan qiziqib ko‘rsak.


  1. Notinch oila; bunday oilada bola turli qarama qarshiliklar, janjallar qurshovida bo‘ladi, ota - onasi ichuvchi va norkaman, kasalvand, hozirgi zamon sharoitida bunga yana ishsizlik qo‘shiladi.




  1. Ota – onasi yo‘q, bola buvisinikida yoki qarindosh urug‘inikida tarbiyalanadi.

Yoki ota —onasi undan voz kechgan. Xuddi shunday oilalardagi bolalar tarbiyasida, xulqida ko‘plab nuqsonlarni kuzatish mumkin. Ijtimoiy pedagog oilaga zarur, chunki zamonaviy maktab, o‘quvchilarni o‘qishi, bilim olishi bilan band. 2/3 qism ota - onalar esa bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ijtimoiy pedagog oiladagi xolatni o‘rganishda uni qanaqa oila bilan ish olib borayotganligini e’tiborga olishi lozim.




  1. U shahar yoki qishloq oilasimi.

  2. Ommaviy yoki zamonaviy oilami.

  3. Ko‘p bolali va to‘liqsiz oilami.

  4. Harbiy xizmatchilar oilasimi.

  5. Balog‘atga yetmagan yosh ona oilasimi.

  6. Milliy va xokozo.

Hozirgi zamon sharoitida oilada bolani har tomonlama tarbiyalash uchun, uni iqtisodiy ta’minlash, ushbu faoliyatga keksalar e’tiborini jalb etish, oilaviy muhitni yaratish kerakki bunda bola tarbiyasi uchun hamma shart - sharoit yaratilgan bo‘lsin. Ijtimoiy pedagog turli oilaviy muammolarga duch kelishi mumkin. Bular:


Bemor va nogiron bolalar;

Keksa nafaqaxo‘r va nogiron ota - onalar;

Ichuvchi va giyoxvandlar;- Daydi bolalar;

Ajralishgan ota - onalarning bolalari;


Albatta ijtimoiy pedagogning birinchi navbatdagi vazifasi oilani inqiroz vaziyatidan olib chiqish. Inqirozni oldini olish va barham topishiga ko‘maklashish.
Oilaviy inqirozni oldini olishga davlat tomonidan beriladigan moddiy yordam, imtiyozlar va ijtimoiy yordam kiradi. Ijtimoiy pedagog pedagogik muammolarni hal qilish bilan birga iqtisodiy tibbiy va psixologik vazifalarni ham ijobiy hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Asosiy maqsad oilaning ichki kuchi va salohiyatini, inqirozni bartaraf qilishga safarbar etish. Buning uchun birinchidan muammolarni taxlil qilish kerak. Ikkinchidan mutaxasislar bilan maslaxat olib borish kerak. Uchinchidan inqirozdan chiqish yo‘llarini aniqlash kerak.
Ijtimoiy pedagogning oilaga beradigan yordami nimalardan iborat?

  1. Oilaga turli nafaqa va ijtimoiy imtiyozlar berish tartib qoidalari haqida maslahat berish.

Oila daromadini ko‘payishiga yordam berish. Yolg‘iz onaga yordam berish.


Ijtimoiy pedagog yordamida muhtoj oilalarga yakkama - yakka yoki guruh bo‘lib

mashg‘ulotlar o‘tkazish.


Ijtimoiy pedagogning ish uslublari: birinchi navbatda ijtimoiy pedagog o‘z ishini oilani o‘rganishdan boshlaydi. Oilaviy muloqat, sharoit, oila a’zolarining o‘zaro bir - biriga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy pedagogga bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishiga yordam beradi. Oilani o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, u oilada yangi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga kirishadi. Buning uchun u oilani turli klublarga, salomatlik guruhlariga, mahallada o‘tkaziladigan turli tadbirlarga jalb etish orqali erishish mumkin.
Muvofaqqiyatga erishishning birinchi metodi ishontirish metodi.
Ushbu metod yaxshi samara berishi uchun tarbiyalanuvchi o‘zi qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topishga yordam berish.
Amaliyotda shunday narsa qo‘llanadiki ijtimoiy pedagog, oila haritasini tuzadi. Bunda oila a’zolarining har biriga harakteristika beriladi. Tug‘ilgan kunlari, oilaning esda qolar kunlari yoziladi. Oila maqomi, yashash sharoiti, qo‘shnichilik, diniy va miliy mansubligi. Haritaga qo‘shimcha qilib oilada bola tarbiyasini o‘rganishni ham kiritish mumkin.

43


Qanday va qancha vaqt ota - onalar bolalar bilan vaqtini o‘tkazadi, ularning umumiy manfatlari bormi, ularni muloqat shakllari, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazadilarmi, ularning qiziqishlari mexmonga, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarga birga boradilarmi?
Ota - onalarning bolalar haqida nimalarni bilishi muhim rol o‘ynaydi?
Bola nimaga qiziqadi, nima o‘qiydi, orzusi nima, kim bilan do‘st, sinfdagi boshqa bolalar bilan munosabati, maktab miqyosidagi munosabati, yaxshi ko‘rgan o‘qituvchisi, fani, bolaning salomatligi va uning muammolari.
Ijtimoiy pedagogning asosiy ishlaridan biri nogiron bolaga ega bo‘lgan oila bilan olib boradigan ishi hisoblanadi.
Amerikalik olimlarning takidlashicha u yoki bu nuqsonga ega bo‘lgan bolalar hozirda, har 7 oilaning birida uchraydi. Bunday oilalarda ota - onalarning bolaga bo‘lgan munosabatini o‘rganish kerak.
O‘z bolasining nuqsonini ota - ona qanday qabul qilyapti?. Bu yerda ijtimoiy pedagogning ziyrakligi muhim rol o‘ynaydi. Oila katta qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Agarda shu ijtimoiy, iqtisodiy qiyinchiliklarga bemor bola muammosi qo‘shilsa, qanday vaziyat vujudga kelishini tassavur qilib ko‘ring. Ko‘proq bunday oilalarda ona ishlay olmaydi. Bu fojeaga olib keladi. Ota yoki ona o‘z joniga qasd qilishi mumkin yoki ichkilikbozlikka berilib ketishi mumkin.
Bulardan tashqari ijtimoiy pedagog ota - onalarni ham diqqatini jalb etishi ham darkor. Ularning shu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llari, bola xatti harakatidagi ijobiy tomonlarini
topib o‘shalarga ko‘proq ahamiyat berishi lozim bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog ota - onalarga, bemor bolalarga qarash parvarishlash, tarbiyalash, o‘qitish uchun sharoit yaratish yo‘llarini ko‘rsatish kerak.
Ota - onalar o‘z navbatida xuddi shunday o‘zlariga o‘xshagan oilalar bilan hamkorlikda va aloqada ish olib borishi maqsadga mofiq bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog ish foliyatida aqliy rivojlanishdan orqada qolgan farzandi bor oilaga ham duch kelishi mumkin.
Oligrofen pedagogika pedagogika fanining kichik bir soxasini tashkil etadi. Ijtimoiy pedagog ijtimoiy pedagogikaning ish soxasi bilan ham shug‘ullanadi. Mutaxassis sifatida uning assosini va mazmunini yaxshi bilishi , ongli tushinishi va kerakli bo‘lgan paytda shu soxa bo‘yicha amaliy yordam berishga tayyor turishi talab etiladi.
Nogiron bolalari bor oilalar.
Ijtimoiy pedagog shunday oilalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘ng, ularga yordam berish rejalarini tuzadi va shu bolalar faoliyati nazoratini o‘rnatadi.
Har bir bola uchun reabilitatsiya (tiklash) yani qayta tiklash rejasini tuzadi va amalga oshirishga kirishadi.
Nogiron bolalarni davolash markazlarida psixolog - nevropatolog, logoped, massajist, defektolog, davolash fizkulturasi bilan shug‘illantiruvchi mutaxassis faoliyat ko‘rsatadi.
Ijtimoiy pedagog shu mutaxassislar bilan yaqin aloqada, hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muofiqdir.
Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati aqliy zaif bolalarga bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishda, yordam berishdan iboratdir.
Bemor bolalarni sog‘lom bolalar bilan munosabatini o‘rnatish va muloqotga tayyorlash dasturlarini tuzish kerak. Bunda tanlov, kinofilimlar va kitoblar muxokamasi, tugilgan kunlarda ishtirok etishni ta’minlash kerak. Nogiron bolalarni mehnat faoliyatiga jalb etish masalasi ham ijtimoiy pedagogning faoliyat doirasiga kiradi (foto, tikuvchilik ishlari, poyabzal tamirlash, yog‘och o‘ymakorlik va boshqalar).

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin