Nazorat savollari: Oilani o‘rganishda ijtimoiy pedagog nimalarga e’tiborni qaratish zarur?
Oilaviy munosabatlarda ota-onaning ijtimoiy o‘rni nimada?
Ijtimoiy pedagogning oilaga yordami nimadan iborat?
Ijtimoiy pedagogning nogiron bolalar bilan ishlashda nimalarga e’tibor berishlari kerak?
44
45
XULOSA:
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, ijtimoiy pedagogika mustaqil fan tarmog‘i sifatida o‘zining nazariy va amaliy mohiyatiga ega. U bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki kunidan e’tiboran mamlakatimizda ijtimoiy pedagogik fikrlarni rivojlantirish asosida mazkur fanni yanada mukammallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Buni hozirda mazkur fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilayotganligi, matbuot sahifalarida esa bu boradagi tadqiqot natijalarining, ilg‘or pedagogik tajribalarning yoritilib borilayotganligi bilan izoxlash mumkin.
Ushbu fanning o‘qitilish samaradorligi esa:
o‘qitishda ta’limning zamonaviy va innovatsion usullari (tanqidiy fikrlash, aqliy xujum, kichik guruhlar bilan ishlash, muammoli topshiriqli, “debat”, “klaster” kabi) ning qo‘llanishi;
mashg‘ulotlar jarayonida multimediyali va masofali o‘qitishning amalga oshirilishi;
o‘qitishda fanlararo uyg‘unlikning amalga oshirilishi;
talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish shakllarining boyitilishi;