2. Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari.
3. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga
sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida
nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-
birini to’ldirib kelishadi va voqyelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini
ko’rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat
sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina
boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat
qilishi mumkin.
O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo’lgani uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining Sharq mutafakkirlari va diniy arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o’zbekma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi.
Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi” ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi